Payshanba, 18 May 2023 13:04

Qozog‘iston delegatsiyasining “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrifi

Joriy yilning 17-may kuni Qozog‘iston Milliy Fanlar Akademiyasining a’zosi, huquq fanlari doktori, akademik E.A.Buketov nomidagi Qarag‘anda universiteti rektori Dulatbekov Nurlan Orinbasarovich boshchiligidagi universitet vakillari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida akademik almashinuv istiqbollari, ikkala universitet talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun qo‘shma o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, qo‘shma tadqiqot loyihalar va ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etish, qo‘shma seminar va ilmiy konferensiyalar o‘tkazish hamda O‘zbekiston va Qozog‘istondan, shuningdek, boshqa mamlakatlardan manfaatdor investorlarni jalb qilgan holda qo‘shma innovatsion loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Tashkil etilgan infotur, boshqaruv modeli va o‘quv jarayonida qo‘llanilayotgan ilg‘or texnologiyalar, shuningdek, Buyuk Ipak yo‘lining noyob tarixiy elementlari, o‘rnatilgan galereyalar va universitet laboratoriyasi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Shuningdek, uchrashuv doirasida akademik E.A.Buketov nomidagi Qarag‘anda universiteti qoshidagi malaka oshirish instituti bazasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va Qozog‘iston oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi, unda talabalar “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va akademik E.A.Buketov nomidagi Qarag‘anda universitetidan ham sertifikatlar oladilar.

Tashkilotchilar ushbu infotur o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish va Qarag‘anda universiteti professor-o‘qituvchilarini “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga jalb etishga qo‘shimcha turtki berishiga ishonchlari komil.

Universitetning rasmiy sayti: http://buketov.edu.kz

O'qilgan 1239 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar