Shanba, 02 Sentyabr 2023 15:11

Universitetimizda Xitoy-Markaziy Osiyo “Bir kamar va bir yo‘l” inson va atrof muhitni o‘rganish qo‘shma xalqaro laboratoriyasi tashkil qilindi

Joriy yilning 2-sentabr kuni universitetimizda Xitoy-Markaziy Osiyo “Bir kamar va bir yo‘l” inson va atrof muhitni o‘rganish qo‘shma laboratoriyasi Xitoy-O‘zbekiston arxeologiya va madaniy merosni muhofaza qilish ilmiy-texnologik qo‘shma xalqaro laboratoriyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining rektori Aziz  Abduxakimov so‘zga chiqib, bugungi kunda ta’lim va turizm sohasida O‘zbekiston - Xitoy davlatlari o‘rtasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi amaliy ishlar va loyihalarning natijadorligiga to‘xtalib o‘tdi. Tantanali tadbirda Xitoy kommunistik partiyasining Shensi provintsiyasi kotibi Chjao Yide, Samarqand viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov, Shimoli-G‘arbiy universitet vitse-prezidenti Chang Jiang so‘zga chiqib ushbu Xitoy - O‘zbekiston arxeologiya va madaniy merosni muhofaza qilish ilmiy-texnologik qo‘shma xalqaro laboratoriyasi tashkil qilinishining ahamiyatli tomonlari haqida gapirishdi.

Ushbu yirik ilmiy loyiha Xitoy Xalq Respublikasining Shimoli-g‘arbiy universiteti tashabbusi bilan  Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) shafeligida Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusi binosida tashkil etilmoqda. Laboratoriya biokimyoviy tadqiqotlar va hayvon suyaklarini o‘rganishga ixtisoslashgan 2 ta qismdan iborat bo‘lib, ushbu laboratoriyada O‘zbekiston hududida topilgan har qanday arxeologik qazishma materiallarini tadqiq qilish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Qo‘shma laboratoriyani qurish uchun Xalqaro turizm akademiyasining 8-qavatida jami 395 kvadrat metr maydon ajratilgan bo‘lib, uning umumiy qiymati 1 mlrd. 587 mln. so‘mni tashkil qiladi. Ushbu  mablag‘ evaziga 36 turdagi jami 90 dona laboratoriya jihozlari va maxsus uskunalar xarid qilingan.

O'qilgan 1173 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar