Joriy yilning 2-noyabr kuni 80-yillarning afsonaviy xokkeychisi, bugungi kunda Rossiya Davlat Dumasining Jismoniy madaniyat va sport, turizm va yoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Vyacheslav Fetisov universitetimizga keldi. Yuksak darajadagi mehmonni “Ipak yo‘li” turizm universiteti rektori A.Abduxakimov kutib oldi va o‘zaro muloqot o‘tkazdi. Muloqot jarayonida bugungi kunda mamlakatimizda turizm sohasida keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilayotgan infratuzilma va bu yo‘nalishda Rossiya davlati bilan olib borilayotgan hamkorlik aloqalari xususida gapirdi. Ta’kidlandiki, joriy yilda yurtimizga kelayotgan mehmonlar soni o‘tgan yillarga nisbatan bir munchaga oshgan bo‘lib, kelasi yilda bu ko‘rsatgich o‘n million nafarni tashkil qilishi ko‘zda tutilgan. Yurtimizning turizm sohasidagi jozibadorligi Rossiya davlati fuqarolarini befarq qoldirgani yo‘q. Buni ko‘plab rossiyaliklarning yurtimizga tashrifidan ham ko‘rish mumkin. Shuningdek muloqot chog‘ida Rossiya Davlat Dumasining Jismoniy madaniyat va sport, turizm va yoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Vyacheslav Fetisov ham serquyosh O‘zbekistondagi tarixiy obidalar, turizmda yaratilgan sharoitlar, soha rivoji uchun juda katta imkoniyat ekanligi va ikki davlat o‘rtasida hali qilinishi lozim bo‘ladigan ko‘plab vazifalar borligi xususida gapirdi. Shundan so‘ng Rossiya Davlat Dumasining Jismoniy madaniyat va sport, turizm va yoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Vyacheslav Fetisovga Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil qilingan turizm sohasida mutaxassislar tayyorlab beradigan universitetimiz faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.