Yangiliklar: Fevral 2024

Tarix va madaniy meros kafedrasi o‘qituvchisi Mahmud Emam Fotolaboratoriya darsi uchun amaliy mashg'ulotlar o‘tdi va unda madaniy meros materiallarini fotoapparat bilan suratga olishda alohida mohirlik talab qilinishi lozimligi xususida gapirdi. Shu munosabat bilan universitetimiz bir guruh magistrantlari fotografiyada hujjatli ma’lumotlar bazasini yaratish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda qatnashdilar. Ularga kerakli vositalar orqali suratga olish usullari bo‘yicha mahorat darslari o‘tildi.

Kategoriya Yangiliklar

2024-yil 3-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy kengash huzuridagi Ilmiy seminarda universitet mustaqil izlanuvchisi To‘xtamishov Aziz Qahramonovichning PhD ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “Turizm sohasining innovatsion rivojlanishida klaster yondashuvining iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Ilmiy seminar dovomida tadqiqotchining klasterli yondashuv asosida turizm sohasini innovatsion rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalari muhokama qilindi. Ilmiy seminar a’zolari tomonidan tadqiqotchining dissertatsiya ishi ilmiy yangiliklari yetarli darajada asoslanganligi hamda ushbu dissertatsiya ishi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining talablariga to‘liq javob berishi ta’kidlandi hamda dissertatsiya ishi Ilmiy kengashda himoyaga tavsiya etildi.

Shu kunning o‘zida Termiz davlat universiteti muztaqil tadqiqotchisi Xamzayeva Dilfuza Samarovnaning 08.00.17-“Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “Turistik mahsulotlarni diversifikatsiyalash va mavsumiylashtirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokamasi ham bo‘lib o‘tdi.

Ilmiy seminar davomida turistik mahsulotlarni diversifikatsiyalash bilan bogʻlik tushunchalarning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini tahlil etish va nazariy qarashlarni tizimlashtirish, turistik mahsulotlarni diversifikatsiyalash va mavsumiylashtirishning xususiyatlarini tadqiq etish, turistik mahsulotlarni diversifikatsiyalash va mavsumiylashtirishning jahon tajribasi va undan Oʻzbekistondan foydalanish imkoniyatlarini aniqlash, hududlarda turizm sohasining rivojlanish holati va tendensiyalarini tahlil qilish, mamlakatimiz turizm sohasida mavsumiylashtirishning iqtisodiy koʻrsatkichlarini  tahlil qilish, turistik mahsulotlarni diversifikatsiyalash va mavsumiylashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqish kabi ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Ilmiy seminar a’zolari tomonidan tadqiqot davomida ilmiy izlanuvchi tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi hamda ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun tavsiyalar berildi hamda ushbu kamchiliklar dissertatsiya ishining asosiy himoyasiga qadar bartaraf etishi lozimligi ta’kidlab o‘tildi.

Kategoriya Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida davlatimiz rahbari jamiyatimizdagi barcha sohalarni qamrab olgan holda ushbu muhim hujjatni qabul qildi. Ushbu hujjat haqiqiy ma’noda mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlarini belgilab berganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

-  Men ko‘p yillik proffesor-o‘qituvchi sifatida ushbu farmonni diqqat bilan o‘qib chiqdim va O‘zbekistonning 2030-yilgacha bo‘lgan strategik qadamlari yuzasidan to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘ldim, - deydi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti birinchi prorektori, professor J.Eltazarov.

Ushbu “O‘zbekiston — 2030” strategiyasida ta’lim yo‘nalishi xususan oliy ta’limning keyingi rivojlanish bosqichi uchun alohida bo‘lim ajratilgan. Unda ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalari kesimida akkreditatsiyadan o‘tgan ixtisosliklar bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlarining samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirishi lozimligi aytilgan. 2018-yilda Muxtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil qilingan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomi asosida milliy sertifikatga ega bo‘ldi. Endigi maqsad kelgusida xalqaro attestatsiyadan va akkreditatsiyadan o‘tgan holda dunyodagi Top mingtalik universitetlar qatoriga kirishdan iborat. Hozirda universitetimizda bu borada barcha tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari yana bir muhim masala.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy davlatlarda O‘zbekiston tarixi va madaniyati, o‘zbek tili va adabiyotini o‘rganishni keng targ‘ib qilish orqali turistlar oqimini ko‘paytirish hamda mamlakatimiz nufuzini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 12-yanvardagi PQ-19-son qarori 1-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan “O‘zbekiston tarixi va madaniyati, o‘zbek tili va adabiyotini o‘rganishni xorijiy davlatlarda keng targ‘ib qilish bo‘yicha chora-tadbirlar” Dasturining 11-bandida 2024-yil fevral oyiga qadar Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining markazlarini hamda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining “O‘zbekshunoslik” (“Uzbek Studies”) kafedralarda xorijiy mamlakatlarning yetakchi universitetlari bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot va ta’lim dasturlarini kuchaytirish uchun qisqa intensiv ma’ruzalar tashkil qilish, qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish yosh tadqiqotchilarga o‘qish va tadqiqot olib borish imkoniyatini taqdim etish vazifasi qo‘yilgan.

Shuningdek, yurtimizning boy ilmiy, tarixiy, madaniy va ma’naviy merosini o‘rganishga qiziqish yuqori bo‘lgan xorijiy ta’lim va ilmiy tashkilotlarda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining “O‘zbekshunoslik” (“Uzbek Studies”) kafedralari faoliyatini tashkil etish belgilanganligini ko‘rish mumkin. Umuman olganda bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilayotgan ushbu ayni vaqtidagi farmon va qarorlarning ijrosi natijasida barcha sohalarda juda katta islohatlar izchilligi ta’minlanib, xalqimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘zgarishlarga bosh omil bo‘lib xizmat qiladi.

Jo‘liboy Eltazarov

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro
universiteti Birinchi prorektori, professor

Kategoriya Yangiliklar

Universitetimizda tahsil olayotgan talaba-qizlarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishish, muhitning qay darajada shakllanganligini ko‘rish, talaba-qizlar to‘g‘risidagi fiklarini o‘rganish maqsadida, oliygohimiz xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova va birinchi bosqich tyutori G.Xusainova hamkorlikda 2024-yil  5- fevral kuni talabalar turar joyida turadigan yoshlarning yashash manzillarida bo‘lishdi.

Talaba-qizlarga hammamiz mas’ulmiz shiori ostida tashkil qilingan tashrif davomida yashash sharoitlari bilan birgalikda  yong‘in va boshqa texnik xavfsizlik talablariga mos kelishi ham o‘rganib chiqildi.

Haqiqatdan ham qadriyatlarimiz talaba-qizlarimizning ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilganligi bilan alohida ahamiyatlidir. Har bir talaba-qiz o‘zlarini unversitet talabasi ekanliklarini doimo yodda tutishlari, talabalar turar joyidagi xonalarida  talab qilinadigan qoidalarga amal qilgan holda tozalik va ozodalikka rioya qilishlari uqtirilib, birlamchi yong‘in va boshqa texnik xavfsizlik masalalari bo‘yicha yetarli tushuntirishlar berildi

Talabalar turar joyida yashovchi talabalar manzillariga tashriflar davom etmoqda.

Kategoriya Yangiliklar

Turizm ta’limida nazariya bilan amaliyotning o‘yg‘unlikda olib borilishi juda katta natijalar olib keladi. Bugungi kunda universitetimiz qoshidagi barcha texnikumlar o‘quvchilari yurtiimzdagi mexmonxonalarda, turistik hamda xizmat ko‘rsatish nuqtalarida o‘z amaliyotlarini olib borishayapti.

Endilikda professional ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan yoshlar nafaqat yurtimizda balki turizm sohasi rivojlangan davlatlarda ham amaliyot o‘tashi imkoniyatga ega bo‘lmoqda.

Joriy yilning 5-fevral kuni Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi hamda  Bolgariyaning SMART TOUR LTD kompaniyasi o‘rtasida Qora dengiz bo‘yi mehmonxonalarida texnikum o‘quvchilarini ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyorlarini o‘tashlari  va malakalarini oshirishlari bo‘yicha hamkorlik shartnomalari tuzildi.

Kategoriya Yangiliklar

Belаrus Respublikasi hukumati 2024/2025-oʻquv yiliga xorijiy fuqarolar uchun moʻljallangan taʼlim grantlari doirasida Oʻzbekiston fuqarolari uchun 10 ta grant oʻrnini ajratdi.

Grantlar Belаrussiyadagi OTMlarning bakalavr bosqichidagi 10 ta taʼlim yoʻnalishlarida oʻqish uchun berilmoqda. Qiziqish bildirgan talabgorlar oʻz hujjatlarini ilovada belgilangan tartibda tayyorlab, Belаrussiyaning Toshkentdagi elchixonasiga joriy yil 20-fevraliga qadar topshirishlari lozim. Belаrus tomoni kelib tushgan hujjatlar asosida nomzodlar tanlovini oʻtkazadi.

ilova

Kategoriya E'lonlar

         Joriy yilning 28-yanvar sanasida Xitoyning SHHT Iqtisodiyot va savdo akademiyasi va “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti o‘rtasidagi hamkorlik doirasida 13 nafar xitoylik nomzodlar bilan tayanch doktoranturaga (PhD) o‘qishga kirish uchun suhbat jarayonlari tashkil etildi.

         “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga tayanch doktoranturaga (PhD) 12 nafar xorijlik tadqiqotchilar quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha o‘qishga qabul qilindi.

* 08.00.05-Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti ixtisosligi

  • 08.00.11-Marketing
  • 08.00.13-Menejment

* 08.00.17-Turizm va mehmonxona faoliyati

         Shuni alohida ta’kidlash lozimki, hozirgi kunda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros universiteti qoshidagi Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlarida (tayanch doktorantura PhD) institutida falsafa doktori  ilmiy darajasini olish uchun  ta’lim olayotgan 1-bosqich tadqiqotchilarining  75% xorijlik ilmiy izlanuvchilar tashkil  etmoqda.

Kategoriya Yangiliklar
Dushanba, 05 Fevral 2024 14:32

E’LON

Joriy yilning 8-fevral kuni soat 15:00 da Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi hamda universitetimiz “Tillar” kafedrasi o‘qituvchisi Nargiza Axrorova tomonidan “APA 7 Introduction, in-text citation and organizing Reference page” mavzusida universitetning 229-xonasida seminar tashkil etilmoqda. Ushbu mavzuga qiziquvchilarni seminarga taklif etamiz.

Kategoriya E'lonlar
Juma, 02 Fevral 2024 16:57

E’LON

Hurmatli universitetimiz professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari.

Sizlardan  Facebook, Instagram va Telegram ijtimoiy tarmoqlarida  #oʻzmaqsadlaringnibil heshtegi ostida post, video va rasmlar qoldirish bo‘yicha faol bo‘lishlaringizni va bu borada har bir ziyoli yoki talaba-yosh o‘z maqsadi, orzusi sari intilishini fikrlarda, namoyon qilishlaringizni so‘raymiz.

Post, video va rasmlarni universitetimiz PR va matbuot  bo‘limining qo‘yidagi (97 575 50 67 ) mobil raqamidagi telegramm manziliga  yuborishlaringiz mumkin.    

Kategoriya E'lonlar

         Joriy yilning 2-fevral kuni universitetimiz bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari 4-bosqich bitiruvchi talaba-yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Dastlab tadbirda so‘z olgan HORICA bo‘limi boshlig‘i A.Sultonov bitiruvchi bosqichdagi talabalar ushbu yilning 1-mart oyidan boshlab amaliyotga chiqishi, boshqa viloyatlardan kelib ta’lim olayotganlar o‘z hududiga yo‘llanma olishi mumkinligi xususida gapirdi. Shundan so‘ng Ofis registrator bo‘limi boshlig‘i F.Nurov so‘z olib, amaliyotgacha bo‘lgan vaqt mobaynida dasrlarni to‘liq o‘zlashtirishi lozimligi xususida gapirdi va o‘z tavsiyalarini berdi. Yig‘ilishda o‘quv bo‘limi boshlig‘i M.Yorqulov, kafedra mudiri A.Odilov va boshqalar ham kun tartibidagi masala yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

         Yig‘ilishda bitiruvchi bosqich talabalari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.  

Kategoriya Yangiliklar
5 dan 6 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar