“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining 10 nafar bitiruvchilari Samarqand shahridagi Hilton Garden INN mehmonxonasida o‘z amaliyotlarini yakunlab maxsus sertifikatga ega bo'lishdi. Bitiruvchilarimiz bir oy mobaynida universitetda olgan nazariy bilimlarini amaliyotda o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Quvonarlisi, mehmonxona ma’muriyati bitiruvchi talabalarimizdan 3 nafarini bilan mehnat shartnomasi imzoladi.
Bugun 22-aprel kuni Koreyaning Kvanju shahri, Kvansan-gu tumani mahalliy Kengashi raisi Pak Byun Kyu va ushbu hududda joylashgan Honam universiteti rektori janob Park Sang Cheol boshchiligidagi rasmiy delegatsiya universitetimizga tashrif buyurdi. Dastlab mehmonlarni oliygohimiz Ma’muriy masalalar bo‘yicha birinchi prorektori, prof. D.Nasimov kutib oldi and delegatsiya a’zolari bilan rasmiy uchrashuv tashkil…
Joriy yilning 20-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamda qator hamkor tashkilotlar ishtirokida Samarqand shahridagi umumta’lim maktablari bitiruvchilari, abiturientlar uchun “Ta’lim forumi” o‘tkazildi. Tadbirning ochilish marosimida so‘z olganlar bu kabi tadbirlar yoshlarning oliy ta’lim muasassalariga o‘qishga kirishi uchun qulay imkoniyat ekanligi…
Joriy yilning 18-19-aprel kunlari Buxoro davlat universitetida “Xotin-qizlarning ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish, gender tenglik masalalari va gender madaniyati” mavzusida respublika o‘quv-seminari boʻlib oʻtdi. Mazkur o‘quv-seminarda respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalarining 150 nafardan ortiq xotin-qizlar maslahat kengashi raislari ishtirok etishdi. Ushbu seminarning maqsadi O‘zbekistonda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni yanada kengaytirish xotin-qizlarni tazyiq…
Shu kunlarda yurtimizda, xususan ko‘hna va hamisha navqiron Samarqandda mehmon bo‘lib turgan BAA Sharja amirligi Hukumati ijrochi raisi Shayx Fahim ibn Sulton Ol Qosimiy boshchiligidagi delegatsiya a’zolari 18-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida bo‘lishdi. Delegatsiya a’zolariga universitet tarixi va bugun kundagi faoliyati, turizm sohasiga mutaxassislar tayyorlash…
Joriy yilning 18-aprel sanasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining universitet Kengashi hamda oliygohimiz Sport mashg‘ulotlari bo‘limi tomonidan bilan talabalar o‘rtasida stol tennisi musobaqasi tashkil etildi. Tashkil etilgan musobaqa qiziqarli bahslarga boy bo‘ldi va g‘olib ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.
4 dan 284 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar