1. Yapon tili
2. Nemis tili
Xorijiy tilni bilish darajasi: Chet tilini bilish to‘g‘risidagi sertifikat (Davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish to‘g‘risidagi sertifikat CEFR C1 yoki xalqaro sertifikat).
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi 312-son Qarorining 2-bandi.
Kompyuter savodxonligi: Microsoft Office (Word, Excel, Power point), ofis dasturlarini mukammal bilish, internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalana olish hamda Internet tarmog‘ida ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
Hemis platformasida ishlay olishi lozim.
Professor-o‘qituvchilarni lavozimi uchun malaka talablari:
Oliy ma’lumot (magistr diplomli mutaxassis), shuningdek, ilmiy daraja (shu jumladan, xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (PhD) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga) yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan va o‘qituvchilik, ilmiy-tadqiqot hamda amaliy ish tajribasiga ega bo‘lish;
pedagogik faoliyatida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
namunaviy xulq, shaxsiy fazilatlar, intellektual salohiyat va yuksak madaniyatga ega bo‘lish;
yetakchilik, ijodiy fikrlash, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish;
mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lish;
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
nomzodlarga quyidagilarni ta’minlaydi:
barqaror oylik maosh (ustama haqi mavjud);
istiqbolli karyerani nazarda tutgan qiziqarli mehnat faoliyati.
Ish tartibi: dars jadvaliga muvofiq
Dam olish kuni: yakshanba.
Hujjatlarni topshirish muddati: 2025-yil 10-Sentabr (shu kuni ham soat 18:00 ga qadar).
Nomzodlardan hr-dep@univ-silkroad.uz elektron manziliga va +99893 523-22-95 telegram raqamiga quyidagi ma’lumotlarni yuborishi so‘raladi:
Ma’lumotnoma (obyektivka);
Diplom (bakalavr, magistr ilovalari bilan), ilmiy darajasi va ilmiy unvon to‘g‘risidagi diplom nusxasi (mavjud bo‘lsa);
Chet tilini bilish to‘g‘risidagi C1 sertifikati (Chet tilini bilish to‘g‘risidagi C1 sertifikatini taqdim etmagan nomzodlarning hujjatlari qabul qilinmaydi).
Ma’lumot uchun telefonlar:
+998 66 240-67-73
+998 66 240-67-68