UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Ingliz tili fanidan “Viloyat hokimi fan olimpiadasi” g‘oliblari taqdirlandi

24.06.2026 1 daq o'qish 1

Ingliz tili fanidan “Viloyat hokimi fan olimpiadasi” g‘oliblari taqdirlandi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Samarqand shahri va viloyatidagi umumta’lim maktablarining 10–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan ingliz tili fanidan “Viloyat hokimi fan olimpiadasi”ning viloyat bosqichi yakunlandi.

Olimpiada natijalariga ko‘ra, quyidagi ishtirokchilar g‘olib deb topildi:

📊 10-sinflar o‘rtasida:
🥇 Og‘abek Xolmamatov (Pastdarg‘om tumani, 103-maktab)
🥈 Sevinch Abduxalilova (Bulung‘ur tumani, 1-maktab)
🥉 Bobur Salomov (Samarqand shahri, 55-maktab)

📊 11-sinflar o‘rtasida:
🥇 Azizbek Bobomurodov (Kattaqo‘rg‘on tumani, 30-maktab)
🥈 Azizbek Abdurahmanov (Pastdarg‘om tumani, 8-maktab)
🥉 Javohir Ahmadov (Ishtixon tumani, 1-IDUM)

🏆 G‘oliblar universitet rektori Muhsin Xolmuxamedov tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Xususan, 3-o‘rin sohiblariga planshet, 2-o‘rin egalariga Smart TV, 1-o‘rin g‘oliblariga esa monoblok kompyuterlar topshirildi.

Mazkur olimpiada yoshlarning ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning bilim va salohiyatini namoyon etishga xizmat qilmoqda.

Barcha g‘oliblarni samimiy tabriklaymiz va ularga kelgusidagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Ulashish: