“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi “Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusi”da maxsus davlat akkreditatsiyasi jarayoni boshlandi.
Mazkur jarayon doirasida xalqaro ekspertlar, soha mutaxassislari hamda ish beruvchi tashkilotlar vakillari ishtirokida ta’lim dasturlarining sifati, professor-o‘qituvchilar salohiyati, moddiy-texnik baza va raqamli ta’lim muhiti kompleks ravishda baholanmoqda.
Akkreditatsiya jarayoni kampusda ta’lim sifatini yanada oshirish, xalqaro standartlarga mos va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, shuningdek, ta’lim jarayonining samaradorligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ta’lim sifatini uzluksiz rivojlantirish va xalqaro mezonlarga moslashtirish yo‘lidagi bu muhim jarayon kampus faoliyatining yangi bosqichini belgilaydi.