Zomin turizm va madaniy meros texnikumi haqida umumiy ma'lumot
Zomin turizm va madaniy meros texnikumi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kasbiy ta'lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan qarorlari asosida 2020-yilda tashkil etilgan. Texnikum Samarqand shahridagi "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga biriktirilgan bo‘lib, turizm, mehmondo‘stlik, umumiy ovqatlanish, axborot texnologiyalari hamda xizmat ko‘rsatish sohalari uchun zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan raqobatbardosh o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlaydi.
Texnikum faoliyati ta'lim sifati, amaliyotga yo‘naltirilgan o‘qitish, ish beruvchilar bilan hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro tajribalarni joriy etish hamda bitiruvchilarning bandligini ta'minlash tamoyillariga asoslanadi.
Texnikumning loyiha quvvati 720 nafarni tashkil etadi. Hozirgi kunda texnikumda 547 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda, shundan 261 nafari qizlardir.
Ta'lim yo‘nalishlari
• Turizm
• Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish
• Umumiy ovqatlanish xizmatlarini tashkil etish
• Kompyuter tizimlarida dasturlash
• O‘rmon xo‘jaligi texnigi
• Oshpaz
• Aholi va turistlarning ovqatlanishini tashkil etish servisi
• O‘rmonchilik va ko‘kalamzorlashtirish laboranti
Texnikum tarkibi
• O‘quv ishlari bo‘limi
• Ishlab chiqarish ta'limi bo‘limi
• Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi
• Axborot-resurs markazi
• Kadrlar bo‘limi
• Buxgalteriya
• O‘quv-uslubiy kengash
• Qabul komissiyasi
• Sifatni ta'minlash va ichki monitoring faoliyati
• AKT bo‘limi
• Xo‘jalik va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘limlari
O‘quv-amaliyot bazalari
Mehmonxona xo‘jaligi laboratoriyasi, oshpazlik laboratoriyasi, kompyuter sinflari, turizm xonalari, ARM va dual ta'lim amaliyot bazalari.
Xalqaro hamkorlik
Texnikum xalqaro tajribalarni o‘quv jarayoniga joriy etish maqsadida bir qator xalqaro tashkilotlar va xorijiy hamkorlar bilan hamkorlikni rivojlantirib kelmoqda.
Jumladan:
Shveytsariya hukumati tomonidan moliyalashtirilayotgan VET4UZ ("O‘zbekistonda professional ta'lim islohotlarini qo‘llab-quvvatlash") loyihasi doirasida pilot ta'lim muassasasi sifatida faoliyat yuritmoqda.
Xalqaro ekspertlar ishtirokida seminar va treninglar tashkil etilmoqda.
Zamonaviy kasbiy standartlar va kompetensiyaga asoslangan ta'lim dasturlari bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.
Qo‘shma dasturlar
Hamkorlar: Zomin sanatoriyasi MCHJ, Zamindor Resort Hotel, Wyndham Garden Zomin Hotel hamda boshqa turizm va mehmondo‘stlik korxonalari. Dual ta'lim, amaliyot va bandlik yo‘nalishlarida hamkorlik qilinadi.
Texnikum umumiy pedagogik jamoa haqida statistik ma'lumotlar
2026-yil holatiga ko'ra, Zomin turizm va madaniy meros texnikumida malakali pedagoglar jamoasi faoliyat yuritmoqda. Pedagogik jamoa zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llagan holda o'quvchilarga sifatli ta'lim berish, ularning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda ta'lim sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.
Ko'rsatkich | Soni |
Jami pedagoglar | 41 nafar |
Shundan ayollar | 25 nafar |
Oliy toifali pedagoglar | 2 nafar |
Birinchi toifali pedagoglar | 0 |
Ikkinchi toifali pedagoglar | 7 nafar |
Mutaxassis pedagoglar | 18 nafar |
Magistr darajasiga ega pedagoglar | 2 nafar |
PhD (falsafa doktori) | 0 |
Fan nomzodi / fan doktori | 0 |
Ishlab chiqarish ta'limi ustalari | 3 nafar |
O'rtacha pedagogik ish staji | 20 yil |
Oliy ma'lumotli pedagoglar ulushi | 73 % |
Ilmiy darajali pedagoglar ulushi | 0 |
Texnikum manzili va kontakt ma'lumotlari
Manzil: Jizzax viloyati, Zomin tumani, Sh.Rashidov MFY, Mustaqillik ko’chasi, 17-uy. Indeks 130800
Telefon raqamlari
Direktor:
Xaitkulova Guzal Karimkulovna
Tel.: +998 99 554 68 03
O'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari:
Baymatov Abduaziz Abdurashidovich
Tel.: +998 99 528 03 83
Ishlab chiqarish ta'limi bo'yicha direktor o'rinbosari:
Egizov Nuriddin Rustamovich
Tel.: +998 97 295 95 90
egizovnuridin7@gmail.com
Yoshlar bilan ishlash bo'yicha direktor o'rinbosari:
Shodiyev Olimjon Muradovich
Tel.: +998 90 297 85 61
olimjonshodiyev25@gmail.com
Sifat bo‘yicha bosh mutaxassis:
Bekmurzayev Rustam Abduraimovich
Tel.: +998 90 297 85 61
ruatam198521@gmail.com
Qabulxona:
Tel.: +998 99 554 68 03
Elektron pochta
E-mail: zominturizm@umail.uz
Rasmiy veb-sayt
Veb-sayt: mavjud emas
Ish vaqti
Dushanba – Shanba: 08:00 – 18:00
Yakshanba – dam olish kuni.