“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining Turizm kafedrasi professor-o‘qituvchilari Turkiyaning Tokat Gaziosmanpaşa universitetida tashkil etilgan "Visiting Scholar Program" xalqaro dasturida ishtirok etmoqda.
Mazkur dastur doirasida universitetimiz vakillari ilmiy tadqiqotlarni tashkil etishning zamonaviy yondashuvlari bilan yaqindan tanishib, turizm ta’limida qo‘llanilayotgan ilg‘or pedagogik metodlarni o‘rganmoqda. Shuningdek, ular turkiyalik hamkasblar bilan tajriba almashish, qo‘shma ilmiy loyihalarni rivojlantirish hamda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi akademik hamkorlikni yanada mustahkamlash yo‘nalishlarida faol ish olib bormoqda.
Dastur yakunida barcha ishtirokchilarga xalqaro sertifikatlar topshiriladi. Bundan tashqari, Tokat Gaziosmanpaşa universiteti professorlari universitetimizga turizm yo‘nalishiga oid qimmatli ilmiy nashrlar va maxsus adabiyotlarni taqdim etishi ko'zda tutilgan. Ushbu manbalar o‘quv jarayonini zamonaviy mazmun bilan boyitish, amaliy mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish hamda ta’limni xalqaro talablar asosida takomillashtirishga xizmat qiladi.