2026-yil 5-avgust kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Princeton universiteti hamkorligida "From the Sacred Khan to Sufi Sultan: Sovereignty in Post-Mongol Central Asia" mavzusidagi xalqaro ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur seminar dunyoning nufuzli oliy ta’lim va ilmiy muassasalari vakillarini bir maydonga jamladi. Unda Princeton University, University of Cambridge, Harvard University, The University of Texas at Austin hamda Nazarbayev University professorlari va tadqiqotchilari ishtirok etdi.
Seminar yakunida xorijiy mehmonlar universitet kampusi hamda "Ipak yo‘li" xalqaro ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan yaqindan tanishib, istiqboldagi ilmiy hamkorlik va qo‘shma tadqiqotlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.