• icon
  • icon
  • icon
  • icon
logo
"Ipak yo'li"
turizm va madaniy
meros xalqaro universiteti
  • Universitet
    • Universitet haqida
      • Missiya
      • Ramzlar
      • Aloqa
      • Bitiruvchilar assotsiatsiyasi
    • Rektor tabrigi
    • Meyoriy hujjatlar
      • O’zbekiston Respublikasi Qonunlari
      • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari
      • Universitet ustavi
      • Maqsadli ko'rsatkichlar
      • KPI
      • Ochiq ma'lumotlar
    • Davlat ramzlari
      • Bayroq
      • Gerb
      • Madhiya
    • Vakansiya
    • Texnikumlar
      • Zomin
      • Toshkent
      • Qashqadaryo
  • Tuzilma
    • Rahbariyat
      • Rektor
      • Senat
      • Prorektorlar
    • Fakultetlar
      • Turizm menedjmenti
    • Kafedralar
      • Turizm
      • Tarix va madaniy meros
      • “Tillar va global tadqiqotlar” kafedrasi
      • Yozma va og'zaki tarjima tadqiqotlari kafedrasi
      • Xalqaro biznes va kreativ iqtisodiyot kafedrasi
    • Markaz va bo'limlar
      • Ishlar boshqarmasi
      • Raqamli ta'lim texnologiyalari va masofaviy ta'lim markazi
      • Xodimlar bilan ishlash(HR) bo'limi
      • Kutubxona
      • Qabul komissiyasi va marketing
      • Devonxona va arxiv
      • Ta'lim sifatini ta'minlash va akkreditatsiya bo'limi
      • Professional ta'lim muassasalari
      • PR va matbuot bo'limi
      • Ishlar boshqarmasi
      • Reja - moliya bo‘limi
      • Buxgalteriya
      • Magistratura bo’limi
      • O'quv jarayonini rejalashtirish va rivojlantirish
    • Universitet tuzilmasi
      • Universitet tuzilmasi
    • Rahbariyat vazifalari
      • Rektor lavozim vazifalari
      • Birinchi prorektor
      • O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
      • Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor
  • Faoliyat
    • O'quv jarayonlari
      • Dars jadvali
      • Imtihon
      • Ofis registratori bo'limi
      • O'quv jarayonini rejalashtirish va rivojlantirish
      • Akademik kengash
      • Fan dasturlari (syllabus)
    • Ilmiy faoliyat
      • E-jurnal
      • Ilmiy tadqiqotlar bo'limi
    • Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat
      • Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi
      • Sport mashg‘ulotlar bo‘limi
      • Tyutorlar faoliyati
      • Yotoqxona tarbiyachi-pedagogi
      • University prevention inspector
      • Xotin-qizlar kengashi raisi
      • Universitet psixologi
      • Yoshlar ittifoqi
      • Sport klubi
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Xalqaro aloqalar
      • Xalqaro grantlar va shartnomalar
      • Global ta'lim bo'limi
      • Xalqaro hamkorlik bo'limi
    • Sifat siyosati
      • Sifat siyosati
      • Yil sarhisobi
    • Erasmus+
      • Erasmus+
      • Loyiha jamoasi
    • Korrupsiyaga qarshi kurashish
      • Korrupsiyaga qarshi kurashish
      • O'tkazilyotgan tadbirlar
    • Universitet Kasaba uyushmasi
      • Rektor murojaati
      • Universitet Kasaba uyushmasi
  • Abituriyentlarga
    • Qabul
      • Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga hujjat qabul qilish tartibi
      • Qabul kvotalari
      • O‘tish ballari
      • Qabul komissiyasi
    • Bakalavryat
      • Eslatma
      • Kirish imtihonlari
    • Xorijlik abituriyentlarga
      • Qo'llanma
      • Stipendiyalar
      • Study in Uzbekistan
    • Magistratura
      • Nizom
      • Qabul kvotalari
      • Manzil
      • Qabul komissiyasi
  • Talabalarga
    • Bakalavriat
      • O'quv dasturlari
      • Baholash mezonlari
      • Dars jadvali
      • Stipendiyalar
      • Axloq kodeksi
      • Talabalar klublari
      • Kontrakt to'lovlari
    • Magistratura
      • O‘quv dasturlari
      • Baholash mezonlari
      • Dars jadvali
      • Kontrakt to'lovlari
      • Ro'yhatdan o'tish
    • TEDx
      • TEDx
    • Akademik taqvim
      • Akademik taqvim
    • Tizimlar
      • Tizimlar
    • Ekofaol talabalar
    • Bitiruvchilar
      • Karyera markazi
      • Bitiruvchilar bandligi
      • KELAJAKGA QADAM MARKAZI
    • Akademik mobillik
      • Akademik mobillik
  • Yangiliklar
    • Universitet yangiliklari
    • E'lonlar
    • Maʼnaviy tadbirlar
    • Yashil universitet
      • Yashil makon
      • Yashil universitet
    • Faxriy mehmonlar
    • Galereya
  • SDGs
Qabul
logo
  • info@univ-silkroad.uz
  • +99866 240-67-68
shape
shape
shape

Texnikumlar

Home Texnikumlar

Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi.

image

Texnikuming  oʻquv faoliyati koʻp asrlik tarixga ega: 1920-yildan  Fabrika-zavod bilim yurti,  1979 yildan Toshkent sanoat bilim yurti, 1987 yildan 34-sonli hunar-texnika bilim yurti, 1997 yildan  5-sonli Biznes maktabi, 2004 yildan Hamza maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji, 2010-yildan Toshkent mehmonxona xoʻjaligi kasb-hunar kolleji sifatida faoliyat yuritgan.  

Toshkent turizm va mexmonxona menejmenti texnikumi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5812 sonli farmoni asosida 2020 yil 3- sentyabrda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xuzurida tashkil etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 23 oktyabrdagi  PF-190-son “Kasbiy taʼlim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi  farmoniga asosan  kasbiy ta’lim sohasida institutsional yaxlitlikni ta’minlash va boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish, xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish hamda ichki va tashqi mehnat bozori talablariga mos raqobatbardosh o‘rta bo‘g‘in kadrlari tayyorlash tizimini isloh qilish maqsadida barcha texnikumlar qatori Toshkent turizm va mexmonxona menejmenti texnikumi ham kasbiy ta’lim agentligi tizimiga o‘tkazish orqali  qayta tashkil etildi.

Toshkent turizm va mexmonxona menejmenti texnikumi Toshkent shahridagi  yirik ta’lim muassasalaridan biri bo‘lib, Toshkent shahri va respublikamizning boshqa viloyatlaridan, shuningdek, qo‘shni davlatlar: Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘istondan kelgan xorijiy fuqarolarni ham  qabul qilish imkoniyatiga ega.

Texnikum o‘zbek va rus tillarida kunduzgi va dual ta’lim shaklida  davlat granti hamda to’lov kontrakt  asosida xalqaro tasniflagichning 3, 4 va 5- darajalariga mos keluvchi, xizmat ko’rsatish sohasi bo’yicha o’rta bo’gin professional kadrlarni mehnat bozoriga yetkazib beruvchi ta’lim muassasasi xisoblanadi.

Texnikumda mashg‘ulotlarni eng yaxshi yuqori malakali o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’lim ustalari, turizm va xizmat ko‘rsatish korxonalarining tajribali ishchilari olib bormoqda. O'quv jarayonida eng yangi pedagogik va interaktiv texnologiyalar (treninglar, ishbilarmon o'yinlar, davra suhbatlari, vaziyatni modellashtirish, mahorat darslari va boshqalar) faol qo'llaniladi.

Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida  9- va 11-sinf bitiruvchilariga xalqaro tasniflagichning 3-4-5-darajasi bo‘lgan  “Turizm”, “Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish”,  “Umumiy ovqatlanish xizmatlarini tashkil etish”, “Sartarosh - modelyer” “Buxgalteriya”,    kasblari bo‘yicha kunduzgi va dual ta’lim tizimi asosida  mutaxassislar tayyorlanadi

2026-027 o‘quv yili uchun quyidagi yo‘nalishlarga qabul rejalashtirilgan:

Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi — xizmat ko‘rsatish sohasi uchun malakali va raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlaydigan zamonaviy ta’lim muassasasi bo‘lib, uning faoliyati ko‘p yillik tarix va boy tajribaga ega. Muassasa 1920-yildan Fabrika-zavod bilim yurti sifatida faoliyat boshlagan bo‘lib, keyinchalik Toshkent sanoat bilim yurti, 34-sonli hunar-texnika bilim yurti, 5-sonli Biznes maktabi, Hamza maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji hamda Toshkent mehmonxona xo‘jaligi kasb-hunar kolleji sifatida faoliyat yuritgan.

2020-yil 3-sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5812-son Farmoni asosida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzurida Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi tashkil etildi. 2025-yildagi PF-190-son Farmonga muvofiq texnikum Kasbiy ta’lim agentligi tizimiga o‘tkazilib, xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish hamda mehnat bozori talablariga mos o‘rta bo‘g‘in kadrlar tayyorlash yo‘nalishida faoliyati yanada takomillashtirildi.

Bugungi kunda texnikumda 721 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Muassasada 9- va 11-sinf bitiruvchilari uchun “Turizm”, “Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish”, “Umumiy ovqatlanish xizmatlarini tashkil etish”, “Sartarosh-modelyer” va “Buxgalteriya” yo‘nalishlarida kunduzgi hamda dual ta’lim tizimi asosida, o‘zbek va rus tillarida ta’lim beriladi.

Texnikumda dual ta’lim tizimi keng yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 30 dan ortiq yirik ish beruvchi korxonalar bilan hamkorlik o‘rnatilgan. O‘quvchilar amaliy mashg‘ulot va ishlab chiqarish amaliyotlarini mehmonxona, restoran va turistik tashkilotlarda o‘taydi. InterContinental Tashkent, Radisson Blu, Crowne Plaza, Mercure Tashkent, Bellissimo Pizza International, AB Group restoranlar xoldingi kabi yetakchi korxonalar bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Shuningdek, texnikum Shveytsariya, Germaniya va Turkiya bilan xalqaro loyihalarda faol ishtirok etib, o‘quvchilarga xorijda amaliyot o‘tash va xalqaro dasturlarda qatnashish imkoniyatini yaratmoqda. Zamonaviy jihozlangan amaliyot xonalari, 10 mingdan ortiq adabiyot fondiga ega kutubxona, kuchli amaliyot bazasi va xalqaro hamkorlik texnikumning asosiy ustunliklaridan hisoblanadi.

2026-027 o‘quv yili uchun quyidagi yo‘nalishlarga qabul rejalashtirilgan:

31010311-Mehmonxona menejeri

31010312-Turizm servisi xodimi

31010309-Oshpaz

31010310-Restoran va ovqatlanish xizmatlari servisi

301010202-Sartarosh (modelyer)

31010803-Zargarlik

31010109-Sotuvchi-kassir

41010311-Umumiy ovqatlanish xizmatlarirni tashkil etish

51010308-Mehmonxona menejeri

51010309-Turizm

50410101-Buxgalteriya hisobi va audit

41010311-Umumiy ovqatlanish xizmatlarirni tashkil etish (dual ta'lim)

51010308-Mehmonxona menejeri (dual ta'lim)

41010801-Qimmatbaho va yarimqimmatbaho toshlarga ishlov berish va ularni sayqallash (dual ta'lim)

Texnikum o‘quvchillari  ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyotlarini  Toshkent shahrida joylashgan eng nufuzli, yetakchi  mehmonxonalarda, turistik tashkilotlarda va umumiy ovqatlanish korxonalarida o‘tash imkoniyatlariga ega bo‘ladilar. Bundan tashqari Germaniya, Turkiya, Bolgariya davlatlarida ham halqaro doirada  mehmonxonalarda amaliyotlar o‘tashlari va xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishkari mumkin.

Texnikum 540 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib  sifatli ta’lim olish uchun  barcha sharoitlar yaratilgan:

Zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan 5 ta yuqori sifatli o‘quv amaliyot xonalari, ma’ruza va auditoriyalar, 10 ming nusxadan ortiq o‘quv-uslubiy adabiyotlarni o‘z ichiga olgan katta kutubxona fondi ham mavjud bo‘lib, o‘quvchilar o‘qishdan tashqari vaqtlarida foydalanishlari mumkin .

O‘qish davrida talabalar qo‘shimcha dasturlar bo‘yicha sertifikatlar bilan ta’lim olishlari mumkin, bu esa ularning mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshiradi.

Talabalar bo'sh vaqtlarida sport zalda sport bilan shug'ullanish yoki stadionda futbol yoki basketbol, voleybol o'ynash uchun ajoyib imkoniyatga ega bo‘ladilar.

Tenikuming  xalqaro hamkorlari Shaveytsariya, Rossiya Federatsiyasi, Germaniya, Koreya,  Turkiya, Qozog’iston, Xindiston va Bolgariyaning yetakchi ta’lim muassasalari hisoblanadi.

2020-yildan boshlab texnikum o‘quvchilari “WorldSkills Uzbekistan”  yosh mutaxassislar xalqaro tanlovida faol ishtirok etib kelmoqda.


Qidiruv
Oxirgi xabar
  • image
    2026-08-07
    Dunyo olimlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida jam bo‘ldi
  • image
    2026-08-06
    Universitetimiz professor-o‘qituvchilari Turkiyada xalqaro "Visiting Scholar Program" dasturida ishtirok etmoqda
  • image
    2026-08-06
    “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari Turkiyada xalqaro tajriba orttirmoqda
Tags
Ta'lim Ilmiy tadqiqotlar Texnologiyalar Talabalar hayoti Xalqaro hamkorlik Konferensiyalar Grantlar Innovatsiyalar Karyera Tadbirlar Yutuqlar Yangiliklar
shape
shape
shape
shape
shodow

Universitet

  • Haqida
  • Aloqa
  • Universitet yangiliklari
  • Eʻlonlar
  • Vakansiya

Biz bilan bog'laning

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

  • Ish vaqti:

    Dush - Jum: 09.00 - 18.00

  • Qoʻngʻiroq qiling:

    +99866 240-67-68

  • Pochta:

    info@univ-silkroad.uz

© Copyright «Silk Road» International University of Tourism and Cultural Heritage 2018-2024

  • Terms & Condition
  • uniRank.org