Версия для печати
Seshanba, 14 May 2024 09:36

O‘zbekistonda, xususan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ilk bor Oliy ta’lim tashkilotlarini islohatlashtirish ekspertlari seminari tashkil qilindi

Joriy yilning 13-14-may kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Oliy ta’lim tashkilotlarini islohatlashtirish ekspertlarini qo‘llab-quvvatlash uyushmasi mutaxassislari ishtirokidagi seminar bo‘lib o‘tmoqda.

OBREAL, ERASMUS+ Milliy ofisi, Yevropa Komissiyasi, SPHERE tashkiloti hamda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamkorligida O‘zbekistonda ilk bor Oliy ta’lim tashkilotlarini islohatlashtirish ekspertlari yig’ilishi seminari tashkil qilindi. Seminarda 22 davlatdan 70ga yaqin mutaxassislar ishtirok etishmoqda.

Bugungi seminar innovatsion uslublarni ta’lim jarayoniga kengroq jalb qilish, universitet faoliyatini jamiyat bilan uyg’unlashtirish, hamkorlik asosida ilmiy-tadqiqotlar ishlarini olib borish, barqaror rivojlanish dasturilarini yo‘lga qo‘yish va boshqa masalalar yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.

O'qilgan 501 marta
Kategoriya Yangiliklar

Barcha yangiliklar