Версия для печати
Juma, 14 Iyun 2024 15:25

Universitetimiz professor o'qituvchilari Artem Klykov hamda Dilrabo Mardonovalar "Trilliant Tashkent" mehmonxona kompleksida tashkil etilgan konferensiyada faol ishtirok etishdi.

Joriy yilning 13-iyun kuni "Trilliant Tashkent" mehmonxona kompleksida "Mehmonxona biznesi: zamonaviy talablar va istiqbollar" mavzusida o'tkazilgan konferensiyada Universitetimiz o'qituvchilari Artem Klykov va Dilrabo Mardonovalar o'z nutqlari bilan ishtirok etishdi. Konferensiyada turizmda mehmonxona biznesining ahamiyati, sohada ayollarning o'rni va kelgusi istiqbollari haqida keng ko'lamda taqdimotlar o'tkazildi.

O'qilgan 631 marta
Kategoriya Yangiliklar

Barcha yangiliklar