Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand Kampusi
bo‘limlardagi bo‘sh ish o‘rinlariga munosib nomzodlarni tanlov asosida ishga taklif qiladi
Lavozim nomi: Akademik masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari
Ma’lumot: Oliy ma'lumotli (ilmiy darajaga ega)
Mutaxassislik: Marketing, Iqtisodiyot, Turizm, Menejment (TOP-1000 ro‘yxatidagi oliy ta’lim muassasalarini tugatgan nomzodlarga qo‘shimcha ball beriladi
Mehnat staji: Oliy ta’lim sohasida kamida 3 yil ish stajiga ega bo‘lishi lozim.
Xorijiy tilni bilish darajasi: Rus va ingliz tillarini bilishi, ingliz tili (IELTS 6,0 yoki davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish to‘g‘risidagi sertifikat CEFR B2 darajasida bilishi).
Kompyuter savodxonligi: Microsoft Office (Word, Excel, Power point), ofis dasturlarini mukammal bilishi, internet tarmoqlaridan foydalana olishi hamda kompyuterda ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim.
Lavozim majburiyatlari:
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
Davlat ta’lim standartlari asosida o‘quv, ilmiy, moliyaviy va ma’naviy- tarbiya ishlarini tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
Davlat ta’lim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar va bo‘limlar, kafedra mudirlari va pedagog o‘qituvchilarning to‘liq bilishini ta’minlash;
Ilg‘or mamlakatlar ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va boshqa ta’limga oid qonunlarda ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi uslub va vositalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;
O‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
Faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;
O‘quv jarayonini ta’minlaydigan bo‘limlar, dekanatlar ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;
Bo‘limlar, fakultet va kafedralar ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
O‘tilayotgan darslarning sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning shaxsiy rejalari bajarilishini nazorat qilish va ta’minlash;
O‘quv va ilmiy konferensiyalarni tashkil etish, akademiya uslubiy kengashi va pedagogik mahoratni oshirish ishlariga rahbarlik qilish, ilg‘or uslubiy tajribalarni umumlashtirish;
O‘quv-uslubiy va ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar to‘plamlarini akademiya xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda akademiyaning barcha ta’lim va ilmiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy va ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondini to‘ldirib turish bo‘yicha umumiy rahbarlikni olib borish;
Iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko‘maklashish, talaba va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Navoiy, Beruniy, Ulug‘bek, Zulfiya va boshqa nomdagi nufuzli stipendiya sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish;
Professor-o‘qituvchilar va o‘quv ishiga yordamlashuvchi xodimlar shtatlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, kafedralar, bo‘limlarni malakali kadrlar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish;
Bo‘sh lavozimlarga tanlov asosida ishga qabul qilish, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi va magistrlarni ishga olib qolish bo‘yicha takliflar tayyorlash, professor-o‘qituvchilar tarkibini yaxshilash va malakasini oshirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;
O‘quv xonalaridan unumli foydalanish, auditoriya va laboratoriyalarni texnik jihozlashni takomillashtirish masalalarini ishlab chiqish;
O‘quv jarayoni bo‘yicha ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan chora ko‘rish, ular bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Ta’lim mazmunini takomillashtirish, mutaxassis-kadrlarni xalqaro talablar asosida tayyorlashni ta’minlash maqsadida xorij mamlakatlarning turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda fakultet, kafedralar tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Kafedralar, fakultet va bo‘limlarning yillik faoliyati hisobotlarini o‘tkazish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish, professor-o‘qituvchilarning o‘quv-uslubiy faoliyatini zamonaviy usullarda baholashni amalga oshirish;
Oliy ta’lim muassasalari bilan o‘quv-uslubiy yo‘nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya, seminarlarda professor-o‘qituvchilarning faol ishtirokini ta’minlash, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash;
O‘rnatilgan tartibda oliy ta’lim muassasasining yillik reytingini aniqlash, tahlil qilish, faoliyatni takomillashtirishga oid ishlarni amalga oshirish;
Xalqaro turizm akademiyasi samarqand kampusini o‘rnatilgan tartibda doimiy ichki attestatsiyadan o‘tkazish, tashqi attestatsiyaga tayyorlash va o‘tkazishda faol ishtirok etish.
Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand Kampusi
nomzodlarga quyidagilarni ta’minlaydi:
barqaror oylik maosh;
istiqbolli karyerani nazarda tutgan qiziqarli mehnat faoliyati.
Hujjatlarni topshirish muddati: 2026- yil 23-fevral (shu kuni soat 18:00 ga qadar).
Nomzodlardan hr-dep@univ-silkroad.uz elektron manziliga va +99893 523-22-95 telegram raqamiga quyidagi ma’lumotlarni yuborishi so‘raladi:
• Ma’lumotnoma (obyektivka);
• Diplom (bakalavr, magistr ilovalari bilan), ilmiy darajasi va ilmiy unvon to‘g‘risidagi diplom nusxasi (mavjud bo‘lsa);
• Chet tilini bilish sertifikati.
Ma’lumot uchun telefonlar:
+998 66 240-67-73
+998 66 240-67-68