“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 2025/2026-o‘quv yili uchun Toshkent shahri uchun quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha yuqori malakali professor o‘qituvchilarni tanlov asosida ishga taklif qiladi:
Turizm va mehmondo‘stlik
Iqtisodiyot
Menejment
Marketing
Logistika
Xorijiy tilni bilish darajasi: O‘zbek yoki Rus tilini bilishi lozim.
Kompyuter savodxonligi: Microsoft Office (Word, Excel, Power point), ofis dasturlarini mukammal bilish, internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalana olish hamda Internet tarmog‘ida ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
Hemis platformasida ishlay olishi lozim.
Professor-o‘qituvchilarni lavozimi uchun malaka talablari:
Oliy ma’lumot (magistr diplomli mutaxassis), shuningdek, ilmiy daraja (shu jumladan, xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (PhD) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga) yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan va o‘qituvchilik, ilmiy-tadqiqot hamda amaliy ish tajribasiga ega bo‘lish;
pedagogik faoliyatida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
namunaviy xulq, shaxsiy fazilatlar, intellektual salohiyat va yuksak madaniyatga ega bo‘lish;
yetakchilik, ijodiy fikrlash, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish;
mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lish;
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti nomzodlarga quyidagilarni ta’minlaydi:
barqaror oylik maosh (ustama haqi mavjud);
istiqbolli karyerani nazarda tutgan qiziqarli mehnat faoliyati.
Ish tartibi: dars jadvaliga muvofiq
Mehnat shakli: o‘rindoshlik asosida.
Dam olish kuni: yakshanba.
Hujjatlarni topshirish muddati: 2025-yil 25-iyul (shu kuni ham soat 18:00 ga qadar).
Nomzodlardan hr-dep@univ-silkroad.uz elektron manziliga va +99893 523-22-95 telegram raqamiga quyidagi ma’lumotlarni yuborishi so‘raladi:
Ma’lumotnoma (obyektivka);
Diplom (bakalavr, magistr ilovalari bilan), ilmiy darajasi va ilmiy unvon to‘g‘risidagi diplom nusxasi (mavjud bo‘lsa);
Ma’lumot uchun telefonlar:
+998 66 240-67-73
+998 66 240-67-68