Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand Kampusi
bo‘limlardagi bo‘sh ish o‘rinlariga munosib nomzodlarni tanlov asosida ishga taklif qiladi
E’LON!
Lavozim nomi: Bosh yuriskonsult.
Ma’lumot: Oliy (bakalavr yoki magistr).
Mutaxassislik: huquqshunoslik, Yurisprudensiya(faoliyat turlari bo‘yicha), (TOP-1000 ro‘yxatidagi oliy ta’lim muassasalarni tugatgan nomzodlarga qo‘shimcha ball beriladi.)
Mehnat staji: Oliy ta’lim va huquqshunoslik sohasida kamida 3-5 yil ish stajiga ega bo‘lishi lozim.
Kompyuter savodxonligi: Microsoft Office (Word, Excel, Power point), ofis dasturlarini mukammal bilishi, internet tarmoqlaridan foydalana olishi
hamda kompyuterda ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim.
Lavozim majburiyatlari:
Akademiya faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq huquqiy jihatdan to‘liq ta’minlash;
Akademiyada ishlab chiqiladigan buyruqlar, farmoyishlar, shartnomalar, bitimlar, nizomlar, ichki me’yoriy hujjatlar va boshqa huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash hamda huquqiy ekspertizadan o‘tkazish;
Mehnat munosabatlari, ta’lim sohasiga oid huquqiy masalalar, fuqarolik-huquqiy va xo‘jalik shartnomalari yuzasidan rahbariyat hamda tarkibiy bo‘linmalarga huquqiy maslahatlar berish;
Akademiya manfaatlarini sudlarda, davlat organlarida, nazorat va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarda belgilangan tartibda himoya qilish;
Normativ-huquqiy hujjatlar monitoringini olib borish, qonunchilikdagi o‘zgarishlar yuzasidan huquqiy xulosalar va takliflar tayyorlash;
Tekshiruvlar, audit va xizmat tekshiruvlarida huquqiy hamrohlikni amalga oshirish;
Xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida tushuntirish ishlari va seminarlar tashkil etish.
Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand Kampusi nomzodlarga quyidagilarni ta’minlaydi:
barqaror oylik maosh;
istiqbolli karyerani nazarda tutgan qiziqarli mehnat faoliyati.
Hujjatlarni topshirish muddati:
2026- yil 22-yanvar (shu kuni soat 18:00 ga qadar).
Nomzodlardan hr-dep@univ-silkroad.uz elektron manziliga va
+99893 523-22-95 telegram raqamiga quyidagi ma’lumotlarni yuborishi so‘raladi.
Ma’lumotnoma (obyektivka);
Diplom (bakalavr, magistr ilovalari bilan), ilmiy darajasi va ilmiy unvon to‘g‘risidagi diplom nusxasi (mavjud bo‘lsa);
Chet tilini bilish sertifikati.
Ma’lumot uchun telefonlar:
+998 66 240-67-73
+998 66 240-67-68