Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand Kampusi
bo‘limlardagi bo‘sh ish o‘rinlariga munosib nomzodlarni tanlov asosida ishga taklif qiladi
E’LON!
Lavozim nomi: Ijro intizomi, devonxona va arxiv bo‘limiga bosh mutaxassis.
Ma’lumot: Oliy (bakalavr yoki magistr).
Mutaxassislik: Yurisprudensiya(faoliyat turlari bo‘yicha), Matematika, Iqtisodiyot, Turizm (TOP-1000 ro‘yxatidagi oliy ta’lim muassasalarni tugatgan nomzodlarga qo‘shimcha ball beriladi).
Mehnat staji: Oliy ta’lim sohasida kamida 1 yil ish stajiga ega bo‘lishi lozim.
Kompyuter savodxonligi: Microsoft Office (Word, Excel, Power point), ofis dasturlarini mukammal bilishi, internet tarmoqlaridan foydalana olishi hamda kompyuterda ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim.
Lavozim majburiyatlari:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-fevraldagi 12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash to‘g‘risida”gi, 1999-yil 29-martdagi 140-sonli “O‘zbekiston Respublikasining davlat hokimiyati organlarida va boshqarmalarida ish yuritish bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash va ijro nazoratini tashkil qilishi to‘g‘risida”gi qarorlari, vazirlikning 2015 yil 18 fevraldagi 58-son “Vazirlik appratida ish yuritish va hujjatlar ijrosi nazoratini tashkil qilish bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi bo‘yrug‘iga amal qilgan holda vazirlik va vazirlik tasarrufidagi ta’lim muassasalarida hujjatlarni ijro intizomi bo‘yicha ish yuritishga amaliy yordam ko‘rsatadi va bu boradagi ishlar sifatini nazorat qiladi.
akademiyaga keluvchi hujjatlarning to‘g‘ri hisobga olish, o‘z vaqtida qayd etilishi va ijrochilarga topshirilishini tashkil etish;
akademiyadan chiquvchi hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishini ta’minlash;
akademiya direktori nomiga keluvchi hujjatlarni qabul qilib olish, ularni qayd etish va ma’lum qilish uchun topshirish;
akademiya direktori ko‘rsatmasiga muvofiq hujjatlarni ijro etish uchun yuborish;
akademiya direktori imzosi bilan yuboriladigan hujjatlar qayd etilib, to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshirish;
kiruvchi xat-xabarlarni, akademiya rekvizitlari yozilgan bosmaxona blankalarini hisobga olib borish;
Ijro etilgan hujjatlarni yig‘ma jildlarga tikib qo‘yish;
Ish yuritishda tugallangan hujjatlarni arxivga topshirish uchun rasmiylashtirish;
akademiya direktori buyruqlarini ro‘yxatga olish va ijrochilarga yetkazish;
akademiya kelgan, shu jumladan edo.ijro.uz, e-xat va boshqa tizimlar orqali kelgan/chiqgan xat-xabarlarni qabul qilish, ro‘yxatga olish va jo‘natish holati bo‘yicha har haftalik akademiya apparat yig‘ilishi uchun ma’lumot tayyorlash va taqdim etish.
Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand Kampusi nomzodlarga quyidagilarni ta’minlaydi:
barqaror oylik maosh;
istiqbolli karyerani nazarda tutgan qiziqarli mehnat faoliyati.
Hujjatlarni topshirish muddati:
2026- yil 22-yanvar (shu kuni soat 18:00 ga qadar).
Nomzodlardan hr-dep@univ-silkroad.uz elektron manziliga va
+99893 523-22-95 telegram raqamiga quyidagi ma’lumotlarni yuborishi so‘raladi.
Ma’lumotnoma (obyektivka);
Diplom (bakalavr, magistr ilovalari bilan), ilmiy darajasi va ilmiy unvon to‘g‘risidagi diplom nusxasi (mavjud bo‘lsa);
Chet tilini bilish sertifikati.
Ma’lumot uchun telefonlar:
+998 66 240-67-73
+998 66 240-67-68