Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand Kampusi
bo‘limlardagi bo‘sh ish o‘rinlariga munosib nomzodlarni tanlov asosida ishga taklif qiladi
E’LON!
Lavozim nomi: Marketing va PR bo‘limiga bosh mutaxassis.
Ma’lumot: Oliy (bakalavr yoki magistr).
Mutaxassislik: Jurnalistika, Marketing(TOP-1000 ro‘yxatidagi oliy ta’lim muassasalarni tugatgan nomzodlarga qo‘shimcha ball beriladi.)
Mehnat staji: Oliy ta’lim sohasida kamida 1 yil ish stajiga ega bo‘lishi lozim.
Kompyuter savodxonligi: Microsoft Office (Word, Excel, Power point), ofis dasturlarini mukammal bilishi, internet tarmoqlaridan foydalana olishi
hamda kompyuterda ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim.
Lavozim majburiyatlari:
Marketing va PR bo‘limi akademiyaning mustaqil tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi hamda bevosita akademiya direktoriga bo‘ysunadi;
Marketing va PR o‘z faoliyatini, akademiyaning tarkibiy bo‘limlari hamda boshqa davlat va nodavlat tashkilotlarining tegishli xizmatlari bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi;
Axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida davlat va jamoat tashkilotlarining axborot xizmatlari bilan samarali va amaliy hamkorlikni ta’minlash;
Keng jamoatchilikni akademiya faoliyati, uning sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlari to‘g‘risida xolisona, sifatli va tezkor xabardor qilish;
Ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish, doimiy hamkorlikda ishlaydigan jurnalistlar doirasini shakllantirish, axborot xabarlarini tarqatish, akademiyada ommaviy tadbirlarni tashkil qilish;
Akademiyaning rasmiy veb-saytida axborotni tezkorlik bilan joylashtirish va o‘z vaqtida yangilab borish;
Akademiya faoliyatiga nisbatan jamoatchilik fikrining holati hamda OAV pozitsiyasini tahlil qilish va ular to‘g‘risida akademiya direktoriga axborot berish;
Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand Kampusi nomzodlarga quyidagilarni ta’minlaydi:
barqaror oylik maosh;
istiqbolli karyerani nazarda tutgan qiziqarli mehnat faoliyati.
Hujjatlarni topshirish muddati:
2026- yil 22-yanvar (shu kuni soat 18:00 ga qadar).
Nomzodlardan hr-dep@univ-silkroad.uz elektron manziliga va
+99893 523-22-95 telegram raqamiga quyidagi ma’lumotlarni yuborishi so‘raladi.
Ma’lumotnoma (obyektivka);
Diplom (bakalavr, magistr ilovalari bilan), ilmiy darajasi va ilmiy unvon to‘g‘risidagi diplom nusxasi (mavjud bo‘lsa);
Chet tilini bilish sertifikati.
Ma’lumot uchun telefonlar:
+998 66 240-67-73
+998 66 240-67-68