Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand Kampusi
bo‘limlardagi bo‘sh ish o‘rinlariga munosib nomzodlarni tanlov asosida ishga taklif qiladi
E’LON!
Lavozim nomi: O‘quv jarayonini rejalashtirish bo‘limiga bo‘limi boshlig‘i Ma’lumot: Oliy (magistr).
Mutaxassislik: Matematika, Iqtisodiyot, Turizm, Menejment (TOP-1000 ro‘yxatidagi oliy ta’lim muassasalarini tugatgan nomzodlarga qo‘shimcha ball beriladi).
Mehnat staji: Oliy ta’lim sohasida kamida 3 yil ish stajiga ega bo‘lishi lozim.
Xorijiy tilni bilish darajasi: Rus va ingliz tillarini bilishi, ingliz tili (IELTS 6,0 yoki davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish to‘g‘risidagi sertifikat CEFR B2 darajasida bilishi).
Kompyuter savodxonligi: Microsoft Office (Word, Excel, Power point), ofis dasturlarini mukammal bilishi, internet tarmoqlaridan foydalana olishi
hamda kompyuterda ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim.
Lavozim majburiyatlari:
Akademiya (yoki ta’lim muassasasi)da o‘quv jarayonini amaldagi qonunchilik, davlat ta’lim standartlari va ichki me’yoriy hujjatlarga muvofiq tashkil etish, rejalashtirish va boshqarish;
Yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv rejalari, fan dasturlari, ishchi o‘quv rejalari hamda akademik kalendarni ishlab chiqish va ularning ijrosini ta’minlash;
Dars jadvallarini shakllantirish, professor-o‘qituvchilar yuklamalarini taqsimlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
O‘quv jarayoniga oid buyruqlar, farmoyishlar, xizmat yozishmalari, hisobotlar va tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash hamda belgilangan tartibda rasmiylashtirish;
Ta’lim sifatini oshirish, ilg‘or pedagogik texnologiyalar va raqamli ta’lim vositalarini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Professor-o‘qituvchilar tarkibi bilan bog‘liq o‘quv yuklamalari, dars jadvali va ta’lim jarayonida yuzaga keladigan masalalarni hal etish;
Akkreditatsiya, attestatsiya va reyting jarayonlarida o‘quv bo‘limi faoliyatini muvofiqlashtirish;
O‘quv jarayoni bo‘yicha ichki monitoring, tahlil va hisobotlarni tayyorlash hamda rahbariyatga taqdim etish;
Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand Kampusi nomzodlarga quyidagilarni ta’minlaydi:
barqaror oylik maosh;
istiqbolli karyerani nazarda tutgan qiziqarli mehnat faoliyati.
Hujjatlarni topshirish muddati:
2026- yil 22-yanvar (shu kuni soat 18:00 ga qadar).
Nomzodlardan hr-dep@univ-silkroad.uz elektron manziliga va
+99893 523-22-95 telegram raqamiga quyidagi ma’lumotlarni yuborishi so‘raladi.
Ma’lumotnoma (obyektivka);
Diplom (bakalavr, magistr ilovalari bilan), ilmiy darajasi va ilmiy unvon to‘g‘risidagi diplom nusxasi (mavjud bo‘lsa);
Chet tilini bilish sertifikati.
Ma’lumot uchun telefonlar:
+998 66 240-67-73
+998 66 240-67-68