Lavozim nomi: Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i.
Ma’lumot: Oliy (magistr).
Mutaxassislik: Turizm, Xalqaro munosabatlar, Iqtisodiyot, menejment (TOP-1000 ro‘yxatidagi oliy ta’lim muassasasini tugatgan nomzodlarga qo‘shimcha imtiyozga ega bo‘lishadi).
Mehnat staji: Oliy ta’lim muassasasining xalqaro hamkorlik sohasida 2 yillik ish tajribasi bo‘lishi.
Xorijiy tilni bilish darajasi: Rus va ingliz tillarini bilishi, ingliz tili (chet tilini bilish to‘g‘risidagi sertifikat CEFR C1 darajasida bilishi).
Kompyuter savodxonligi: Microsoft Office (Word, Excel, Power point), ofis dasturlarini mukammal bilishi, internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalana olishi lozim.
Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i lavozim vazifasi: Soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, bo‘limning yillik ish rejasini tuzish va o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish;
yetakchi xorijiy ilmiy-ta’lim muassasalari, tahliliy, tadqiqot markazlari, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash;
xodim va talabalarning xorijda o‘qishi, ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishi, tajriba almashishi, malaka oshirish va stajirovka o‘tash kurslarida ishtirok etishi, shuningdek talabalar va professor o‘qituvchilarning akademik almashinuvini ta’minlashga ko‘maklashish;
yetakchi xorijiy ilmiy-ta’lim muassasalari, tahliliy, tadqiqot markazlari, xalqaro tashkilotlarining amaliy ish tajribasiga ega yuqori malakali mutaxassislarini taklif etish, ularning Universitet o‘quv jarayonida ishtirok etishiga ko‘maklashish hamda Universitetga tashrif buyuradigan xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlarni tashkil etish;
xalqaro ilmiy tadbirlar o‘tkazish hamda xodim va talabalarning xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan ilmiy tadbirlar va tanlovlar (musobaqalar)da ishtirok etishiga ko‘maklashish;
Universitet tomonidan rasmiy xorijiy delegatsiyalar bilan olib boriladigan ishlar, elchixonalar, vakolatxonalar, konsullik idoralari va tashkilotlar, chet ellardagi o‘quv yurtlari va muassasalari bilan aloqalarni mustahkamlashni ta’minlash;
xorijiy sherikchilik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomalarni tayyorlashda ularning universitet manfaatlariga muvofiqligini aniqlashda ekspert sifatida ishtirok etish.
talaba-yoshlarni xalqaro hamkorlik sohasidagi faoliyatga keng jalb etish.
Universitetning xalqaro aloqalar borasidagi axborotlarini umumlashtish, ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va Universitet rahbariyatiga kiritish;
“Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
nomzodlarga:
- barqaror oylik maosh,
- istiqbolli karyerani nazarda tutgan qiziqarli mehnat faoliyatini,
Ish tartibi: dushanbadan juma kuniga qadar
Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha
Dam olish kuni: shanba, yakshanba.
Hujjatlarni topshirish muddati: 2025- yil 13-avgust (shu kuni soat 18:00 qadar).
Nomzodlar hr-dep@univ-silkroad.uz elektron manziliga yoki +998 93 523 22 95 telegram raqamiga quyidagi ma’lumotlarni yuborishi kerak:
· Til bilish sertifikati.
· Ma’lumotnoma va diplom.
Ma’lumot uchun telefon:
+998 66 240-67-73
+998 66 240-67-68