Yangiliklar: Oktyabr 2023

2023-yilning 27-oktabr sanasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Yoshlar ittifoqi kengashi koordinatorlari tomonidan “TALENT SHOW” – tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda talabalar  notiqlik san’ati, rasm chizish, sahna ko’rinishi, raqs, qo’shiq aytish, she’r aytish yo’nalishlarida ishtirok etishdi va o’z iqtidorlarini namoyish qilishdi.

Tadbirda Ravshanqulova Marjona notiqlik san’ati bo’yicha, Davlatova Guzal rasm chizish, Jabborov Alisher va Baxronov Isfandiyor sahna ko‘rinishi, Xusanova Xadichabonu, Normurotova Malika, Vafokulova Asal raqs, Xayitboyev Shoxrux she’r aytish, Rafiyeva Ruxshona, Baxtiyorova Muattar, Rasulova Zarguna, Niyozov Mansur, qo‘shiq aytish yo‘nalishlarida sovrindor bo‘lishdi.

Ushbu ko‘ngilochar tanlov yakunida, g‘oliblar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Kategoriya Yangiliklar

2023-yilning 26-oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Ota-onalar kongressi” tadbiri o‘tkazildi. Kongress avvalida mehmon sifatiga taklif etilgan ota-onalar universitet faoliyati, xususan, taʼlim jarayonlari, talaba-yoshlar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan tanishtirildi. Universitetga tashrif buyurgan ota-onalar farzandlari tahsil olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish bilan bir qatorda universitet rahbariyati bilan uchrashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Kongressni universitet Birinchi prorektori, prof. J.Eltazarov kirish soʻzi bilan ochib berdi va ta’lim dargohi bilan ota-onalar oʻrtasidagi hamkorlikni yaxshilash boʻyicha o‘z takliflarini bildirdi. Tobora globallashayotgan bugungi zamonda yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash,ularning ma’nan sog‘lom, keng dunyoqarashga ega, turli buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi tura oladigan xislatlarga ega bo‘lishi ekanligini tushuntirib o‘tdi.

Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i Nargiza Abduvaxidova,  fakultet boshlig‘i Rano Toshniyazova,  Xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova  ta’lim jarayonlari, talaba-yoshlar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar haqida ma’lumot berish bilan birga,  ularning odob, axloqi boshqalarga o‘rnak bo‘lishi lozimligi xususida gapirdi.

Tadbir so‘ngida oliygohda tashkil etilgan tadbirlarda o‘zining faolligi, bilimi hamda liderlik salohiyati bilan namuna bo‘lgan talabalarning ota-onalariga “Tashakkurnoma”lar topshirildi. 

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 25-oktabr kuni 5 ta muhim tashabbus doirasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi va Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi hamkorlikda, universitet talaba-qizlari o‘rtasida tashkil etilgan “Pazandalik sirlari” to‘garagi doirasida jahon oshxonasi taomlaridan: salat va shirinliklar tayyorlashni o‘rganamiz” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Tadbirda talaba-qizlar o‘rtasida jahon taomlari va salatlar tarixi, ularning tayyorlanish jarayonlari, shirinliklar pishirish sir-sinoatlari yuzasidan tajribalarini boʻlishishdi.

“Qizlarjon” klubi talaba-qizlari tomonidan ushbu tadbirda pazandachilik mashgʻulotlari, oshxonaga kirish odobi va oshxona jihozlari hamda mahsulotlardan unumli foydalanish boʻyicha zarur maslahatlar berildi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 25-oktabr kuni “INFOLIB UZBEKISTAN-2023” XII Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi. Ushbu musobaqada universitetimizning “SILK ROAD” team jamoasi beshta oliy ta’lim muasassalari va tashkilotlar o‘rtasida birinchi oʻrinni qo‘lga kiritdi.

Kategoriya Yangiliklar
Juma, 27 Oktyabr 2023 12:11

Turmush – to‘rt mushtmi? Aslo!

      Joriy yilning 26-oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi D.Turdiyeva va “Turizm menejmenti” fakulteti boshlig‘i R.Toshniyozova tashabbusi bilan talaba qizlarni oilaviy hayotga, turmush qurishga ham ma’nan, ham jismonan tayyorlash maqsadida “Turmush – to‘rt mushtmi? Aslo!” mavzusida ajoyib motivatsion trening o‘tkazildi.

      1, 2 va 3-bosqichda tahsil olayotgan qizlar tadbir ishtirokchisiga aylanishdi, unga universitet Xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova ham taklif etildi. Treningning nazariy qismida oila psixologiyasi klassifikatsiyasi tahlil qilindi. Amaliy qismida esa ruhiy xotirjamlik, emotsional barqarorlik ulashuvchi, jamoaviy jipslik va birdamlikni shakllantiruvchi relaksatsion mashq va texnikalar o‘ynaldi.

       Ajoyib tarzda o‘tgan trening barcha ishtirokchilarga xushkayfiyat va ko‘tarinkilik baxsh etdi.

 

Kategoriya Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 563-sonli qaroriga asosan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti uchun universitet huzuridagi Samarqand shahri, Turkiston ko‘chasi 12-uy manzilida joylashgan Samarqand turizm va madaniy meros texnikumi hududida davlat-xususiy sherikligi shartlari asosida 400 o‘rinli talabalar turar joyi qurilishi belgilangan. Talabalar turar joyini qurish, jihozlash,foydalanish,xizmat ko‘rsatish va qaytarish bo‘yicha xususiy tashabbuskor “Z-P-A” oilaviy korxonasi bilan universitet o‘rtasida 2023-yil 16-iyun sanasida №37-2023-sonli bitim imzolandi. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu loyihaning umumiy qiymati 25 527 529 795 so‘m bo‘lib, shundan 13 527 529 795 so‘m qismi tadbirkorning o‘z mablag‘lari hisobidan, 12 000 000 000 so‘m qismi esa davlat byudjetidan ajratiladigan subsidiya mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-may sanasidagi “Talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetidan subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 239-sonli qaroriga asosan talabalar turar joyini qurish uchun tegishli tartibda davlat subsidiyasi mablag‘lari ajratilish bo‘yicha universitet tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziligiga 2023-yilning 6-iyul sanasida 810-sonli xat bilan murojaat qilindi.

2023-yilning 26-iyul sanasida davlat subsidiyasining 4 000 000 000 so‘m miqdordagi qismi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziligi tomonidan moliyalashtirildi va universitetning maxsus hisob raqamiga o‘tkazib berildi.

Yuqoridagi qaror bilan tasdiqlangan nizomning 12-bandiga asosan                 2023-yilning 28-iyul sanasida 3 829 129 469 (25 527 529 795 so‘m 15%)  so‘m miqdordagi mablag‘ xususiy sherikning maxsus hisob raqamiga o‘tkazib berildi. Shundan so‘ng, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-may sanasidagi 239-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomning 12-bandi 2-xatboshi hamda  2023-yil                         7-sentabrdagi №1 sonli bajarilgan ishlar dalolatnomasiga asosan 2023-yilning                 29-sentabr sanasida 4 170 870 531  so‘m miqdordagi qo‘shimcha mablag‘ xususiy sherikning maxsus hisob raqamiga o‘tkazib berildi.

 

Kategoriya Talabalar hayoti

2023-yil 29-oktabrda Turkiya Respublikasining 100 yilligi nishonlanadi. Ushbu muhim sana munosabati bilan 26- oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Turkiya Respublikasining yuz yillik yubileyiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirga Turkiyaning Samarqanddagi Bosh konsuli yordamchisi, Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rektori, prof. Chidem Janbay Turkyilmaz, Samarqand davlat universiteti professor-o‘qituvchilari taklif etildi. Tadbir davomida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Birinchi prorektori, prof. J.Eltazarov so‘zga chiqib, turk xalqini ushbu tarixiy voqea bilan tabrikladi. Tadbirda universitet talabalari ham Turkiya Respublikasining 100 yilligiga bag‘ishlangan she’rlarni o‘qib berishdi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 24-oktabr kuni universitetimizning bilimli va zukko talaba yoshlari o‘rtasida “Samarqand ZAKOVAT” klubi 1-liga 5-tur bahslari o‘tkazildi. Bilimlar bellashuvida 105 nafar talaba yoshlar uchta  jamoaga bo‘lingan holda ishtirok etishdi. Bellashuvda jamoalar tarix, falsafa, adabiyot kabi fanlardan berilgan savollarga javob berishga harakat qilishdi.   

Kategoriya Yangiliklar
Payshanba, 26 Oktyabr 2023 16:47

BESH TASHABBUS AMALDA - STOL TENNISI

Yurtimizda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan Besh muhim tashabbus musobaqalari doirasidagi o‘yinlarni tashkil qilish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” tadbirlari tashkil etilib kelinmoqda. Yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va ularni sportga yanada qiziqtirish maqsadida joriy yilning

21-oktabr kuni sportning stol tennisi boʻyicha Samarqand viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida bellashuvlar tashkil etildi.

Qizg‘in bahslarga boy boʻlgan bellashuvlarda universitetimiz talaba yoshlaridan iborat jamoa ham faol ishtirok etib, qator yutuqlarni qo‘lga kiritdi.  

Kategoriya Yangiliklar
Payshanba, 26 Oktyabr 2023 16:22

BESH TASHABBUS AMALDA – VOLEYBOL

Joriy yilning 19-oktabr kuni Samarqand viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida sportning voleybol turu boʻyicha “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalarida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalaridan iborat jamoa ham faol ishtirok etib, ijobiy natija ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lishdi.

Kategoriya Yangiliklar
2 dan 8 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar