Yangiliklar: Oktyabr 2023

Chorshanba, 18 Oktyabr 2023 10:01

18-oktabr – Samarqand shahar kuni

Qariyb 3000 ming yillik tarixga ega bo‘lgan va butun dunyoni o‘ziga maftun eta olgan ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand bugun yana bir yoshni qarshi oldi. Mana shunday ulug‘ kunlarda universitetimizning barcha professor-o‘qituvchilarini, talabalarini hamda ishchi, xodimlarini 18-oktabr Samarqand shahar kuni munosabati bilan muborakbod etamiz.

Har bir kuningiz xayrli va omadli bo‘lsin deya professor-o‘qituvchilarimizga ta’lim-tarbiya berish yo‘lida olib borayotgan ishingizda yuksalik, talaba yoshlarimizga ilm olishida qunt va sabot, ishchi xodimlarga esa ta’limga qo‘shayotgan hissangizdan qut-baraka topishingizni tilaymiz.

Kategoriya Yangiliklar
Seshanba, 17 Oktyabr 2023 17:15

Aziz talaba qizlar!

Universitetimizda “Xotin-qizlar orasida psixologik va xuquqiy maslahat kunlari” tashkil etildi.

Qabul kunlari: Har oyning juma kuni

Soat: 9:00 dan 18:00 gacha.

Xotin-qizlarimizning haq-huquqlari Yangilangan Konstitutsiyamizda

belgilab qo‘yilgan.

Kategoriya Yangiliklar
Seshanba, 17 Oktyabr 2023 16:07

Qozonlik mehmonlar tashrifi

Joriy yilning 17-oktabr kuni Qozon shahar turizmni rivojlantirish qo‘mitasi direktori Darya Sannikova boshchiligidagi delegatsiya a’zolari universitetimizga tashrif buyurdi. Mehmonlarni universitetning Birinchi prorektori, prof. J.Eltazarov kutib oldi, tashrif doirasida Darya Sannikova va Qozon delegatsiyasi bilan ta’lim va turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.  Mehmonlar universitet kutubxonasi va mintaqamizning madaniy merosining boyligini namoyish etgan milliy liboslar galereyasini borib ko‘rdilar. Uchrashuvda turizm va turizm ta’limi sohasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish xususida kelishib olindi.

Kategoriya Yangiliklar
Dushanba, 16 Oktyabr 2023 16:09

Universitetimizda Yashil makon dasturi amalda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev boshchiligida 2021-yil 2-noyabrda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalarini ijrosini ta’minlash va Samarqand viloyati hokimining 2023-yil 16-sentabrdagi viloyat hududida 2023-yil kuz mavsumida manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlarini tashkilotlar kesimida ekish bo‘yicha bergan topshirig‘idan kelib chiqib “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida joriy yilning 16-oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi Akademiya binosining yangidan qurilishi munosabati bilan hududda manzarali daraxt ko‘chatlari va turli xildagi gullarni ekish ishlari amalga oshirildi.

Ushbu ekish ishlarida 100 ta kashtan, 30 ta lipa, 5 ta chinor, 24 ta qarag‘ay, 180 ta archa va 30 ta ginka biloba kabi daraxt ko‘chatlari oliygohning ishchi, xizmatchilari tomonidan ekildi. Yashil makon dasturi doirasida universitet hududiga yigirma turdagi noyob 200 ta manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 14-oktyabr kuni “Turizm menejmenti” kafedrasi o’qituvchilari Nodira Muxammadieva, Elena Salnikova va Zarina Mahmudovalar universitet talabalarini Xan Axmad restoraniga hamda restoran qoshidagi “Gastro Expert” markazidagi amaliy jarayonlar bilan tanishtirdi. O‘quv amaliyot jarayonida talabalar restoranda ishlash tizimi va “Gastro expert” markazining faoliyati bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi va o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Ahamiyatlisi, restoran rahbari, tadbirkor Ahmad Saloyevdan talabalarga restoranda ishlash taklifi ham bildirildi. Yakunda tadbirkorga universitetimiz Faxriy yorlig‘i hamda esdalik sovg‘a topshirildi.

Kategoriya Yangiliklar

So‘nggi yillarda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan xotin-qizlar masalasi, ularning turmush sharoitlarini yaxshilash, maishiy hayotdagi muammolarini hal qilish, iqtidori va imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda. Oilada, jamiyatda, ayniqsa, xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirishga alohida eʼtibor qaratilayotgani natijasida ijtimoiy munosabatlarda ham, qonunchilikda ham katta o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.

2023-yil 13-oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan unversitetda ayol professor-o‘qituvchilar, talaba-qizlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida ma'lumot berib, ularni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun-hujjatlari bilan tanishtirish maqsadida kengash raisi M.Abbasova hamda yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvaxidovalar ishtirokida “Ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish: Oilada, jamiyatda va davlat idoralarida” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida ustozlar mamlakatimiz rivojida, jamiyat hayotida, oilalar mustahkamligida xotin-qizlarning oʻrni va ahamiyati katta ekanligi, yurtimiz aholisining 50 foizini tashkil etadigan xotin-qizlar jamiyatning barcha sohalarida samarali faoliyat yuritib kelayotganini ta’kidlab o‘tdilar. Tadbir so‘nggida talaba-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Kategoriya Yangiliklar
Dushanba, 16 Oktyabr 2023 14:57

Talabalikning oltin qoidalari

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi D.Turdiyeva tyutor G.Xusainova bilan birgalikda 1-bosqich talabalari uchun “Talabalikning oltin qoidalari” mavzusida motivatsion trening o‘tkazdi.

        Ma’lumki, оrzulari bir olam yigit-qizlar hayotining muhim bosqichi – talabalikning go’zal davriga qadam qo‘yishаdi. Bu jarayonda muayyan qiyinchiliklarning yuzaga kelishi tabiiy hol, albatta. Shu bois mazkur uchrashuvda psixolog talabalarni yangi sharoit va o‘quv jarayoniga moslashtirish bo‘yicha konstruktiv tavsiyalari, maslahatlari bilan o‘rtoqlashdi hamda universitetda psixologik xizmati tashkil etilganligi haqida ma’lumot berdi. Uchrashuvda talabalarning ijtimoiy-psixologik holatini aniqlash maqsadida ularga psixologik metodikalar to‘plamlari tarqatildi.

Kategoriya Yangiliklar

Universitetimiz xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova bugungi kunda oliygohimizda talaba qizlar va xotin-qizlardan iborat professor-o‘qituvchilar bilan olib borilayotgan ishlari, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda gender tenglik muhiti xususida viloyat televideniyanisining “Assalom Samarqand” dasturi orqali intervyu berdi.

Kategoriya Yangiliklar
Juma, 13 Oktyabr 2023 18:06

Universitetning eng qimmatli xazinasi

 “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti axborot-resurs markazida elektron avtomatlashtirilgan va masofadan foydalanish imkoniyatini beruvchi https://unilibrary.uz/ platformasi mavjud. Ushbu platforma kutubxonaning kirish qismi (reception)da stol shaklidagi planshetga joylashtirilgan.

Ushbu dasturga 186974 dona adabiyotlar, 26078 dona maqolalar, 8252 dona monografiyalar, 20896 dona dissertatsiyalar kiritilgan. Ushbu adabiyotlarni masofadan turib o‘qish, mustaqil ta’lim olish imkoniyatni yaratadi. Bundan tashqari kutubxonaning kirish qismida kutubxonadagi barcha adabiyotlarni masofadan turib izlab topish va bu kitoblarni zaxiraga olib qo‘yish uchun alohida QR kodli izlash tizimi yaratilgan.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti axborot-resurs markazi fondida 13522 nomli  25371 dona kitob shaklida adabiyotlar mavjud. Shundan  o‘zbek tilida 4801 dona, rus tilida 3680 dona, ingliz tilida 10749 dona hamda boshqa tillarda 5141 dona adabiyotlar mavjud. Shundan: shakllar kesimida bosma-25371 dona, elektron-911 dona, brayl yozuvida-17 dona, audio-58 dona, fondlar kesimida o‘quv adabiyotlar-1039 dona, ilmiy adabiyotlar-1814 dona, badiiy adabiyotlar-1793 dona, xorijiy adabiyotlar-19354 dona, va boshqa adabiyotlar-371 donani tashkil etadi.

Kutubxonada talabalar va professor-oʻqituvchilar uchun hamma shart-sharoitlar mavjud. Kutubxonada 1 ta elektron xona boʻlib, unda 14 ta yangi (hp) rusumli  kompyuter bor. Bundan tashqari 2 ta oʻquv zal va brainstorming xonasi mavjud. Birinchi oʻquv zalda 18 ta yumshoq yostiqchalar (pufiklar) bor. Ikkinchi  oʻquv zalida 21 ta oʻrindiqlar bolib, talabalar kitob oʻqish hamda oʻquv adabiyotlardan foydalangan holda dars tayyorlash imkoniyatiga ega. Brainstorming xonasida professor-oʻqituvchilar va talabalar oʻzlari xohlagan mavzuda muhokamalar oʻtkazadilar. Ayni damda kutubxonada Atriuum Book Systems (AQSH) platformasidan foydalanilib kelinmoqda. Ushbu platforma yordamida talabalar va professor-oʻqituchilar oʻzlariga kerakli adabiyotlarni izlab topish hamda zaxiraga olib, Axborot-resurs markaziga kelib ijaraga olishlari mumkin. Kutubxonaning hamma xonalari sovutgich (konditsioner) moslamalari bilan jihozlangan va har bir xona oʻziga xos chiroyli shaklda bezatilgan.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti axborot-resurs markazida mahalliy va xalqaro axborot va ma’lumotlar bazasidan EBSCOhost  http://search.ebscohost.com , Atriuum Book Systems https://univsilkroaduz.booksys.net , Proquest https://www.proquest.com/ , Unilibrary.uz https://unilibrary.uz , Springer https://link.springer.com) hozirgi kunda foydalanib kelinmoqda.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 12- oktabr kuni Xitoyning Shimoli-G‘arbiy universiteti Madaniy meros fakulteti dekani, professor Ma Jian universitetimiz talabalari uchun “Vohadan yaylovgacha: Sharqiy Tyanshan tog‘larining dastlabki rivojlanishi va o‘zaro madaniy ta’sir” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruza davomida Buyuk Ipak yo‘li tarixida Sharqiy Tyanshan hududing ahamiyati, voha va yaylov hududlarida olib borilgan arxeologik ilmiy ekspeditsiyalar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, Xitoy-O‘zbekiston arxeologlari hamkorligida Surxondaryo viloyatida olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarining ahamiyatiga to‘xtalib o‘tildi. Ma’ruza oxirida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Kategoriya Yangiliklar
5 dan 8 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar