Sayt Test rejimda ishlamoqda
logo
"Ipak yo'li"
turizm va madaniy
meros xalqaro universiteti

Qabul komissiyasi va marketing

image

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining Qabul va marketing bo‘limi universitetning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Bo‘lim universitetga abituriyentlarni jalb qilish, marketing strategiyalarini ishlab chiqish va universitet brendini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi. Bo’lim o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishilariga, O’zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi farmon, buyruq, qaror va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining hay’at qarorlari va buyruqlari, universitet Nizomi, bo’lim Nizomi, Senat qarorlari, universitet rektorining buyruqlariga muvofiq olib boradi. Bo‘lim bevosita universitet tuzilmasiga (strukturaga) muvofiq birinchi prorektorga bo‘ysunadi.

Quyidagilar bo‘limning asosiy vazifalari va funksiyalari hisoblanadi:

  • Universitetga qabul jarayoniga mahalliy abituriyentlarni jalb qilish va muntazam universitet qabul jarayoniga bog‘liq ma’lumotlarni mahalliy abituriyentlarga yetkazish;

  • Universitetda “Call-markaz” vazifasini bajarish;

  • IELTS, CEFR yoki TOEFL sertifikatini olish uchun ta’lim olayotgan abituriyentlarni tayyorlaydigan o‘quv-markazlari bilan hamkorlik qilish

  • Universitetda tayyorlanayotgan oliy ma’lumotli kadrlarga mahalliy korxona, muassasa va tashkilotlarning ehtiyojini o‘rganish asosida ma’lumotlar bazasini shakllantirish;

  • Bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha mahalliy bitiruvchilarga talab va takliflar nisbatini o‘z ichiga olgan holda ta’lim xizmatlari iste’molchilari (ish beruvchi korxonalar, turli mulkchilik shakliga ega bo‘lgan tashkilotlar - davlat va mahalliy boshqaruv organlari, davlat va nodavlat tashkilotlari va h.k.) tuzilmasini baholash, geografik joylashishini aniqlash va guruhlash, potentsial imkoniyatlarini tashxis qilish orqali to‘liq ma’lumotlar bankini yaratish;

  • Universitetda kadrlar tayyorlash va davlat granti asosida bitiruvchilarni ishga taqsimlash monitoringini yuritish;

  • Universitet mahalliy bitiruvchilarini ishga joylashish jarayonlarini tizimli tahlil qilish va baholash;

  • Kadrlar tayyorlashda mutaxassislik kafedralari va iste’molchi (buyurtmachi) korxonalar hamkorligini ta’minlash;

Mutaxassis kadrlar tayyorlashda manfaatdor mahalliy tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik va aloqa o‘rnatish, jumladan, korxona, tashkilot yoki muassasa ma’muriyatining tayyorlanayotgan kadrlar sifati va salohiyati to‘g‘risidagi fikrlarini o‘rganib borish. Bo‘limda bo‘lim boshlig‘i boshchiligida shtatlar jadvaliga muvofiq quyidagi lavozimlar joriy etiladi:

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Qabul va marketing bo‘limining

 “YILLIK ISH REJASI”

T/r.

Chora-tadbirlar nomi

Ijro mexanizmi

Ijro uchun mas’ul

1.

Universitet faoliyati va qabul jarayonlarini targ'ib qilish.

 

 Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi umumta'lim maktablari uchun qabul jarayonini targ'ib qilish maqsadida Ipak yo'li xalqaro turizm va madaniy meros universitetiga tashrifni tashkil qilish.

Qabul va marketing bo'limi (O.Rustamov),

guruh tyutorlari,

kafedra mudirlari

2.

Bitiruvchilarning o'qishdagi o'qish natijalarini monitoring qilish.

1. Universitet bitiruvchilari uchun aniq ish o'rinlari ro'yxatini tuzish.

2. Amaliyot va ish beruvchi tashkilotlardan bitiruvchi haqida fikr-mulohazalarni olish

Qabul va marketing bo'limi (O.Rustamov)

3.

Universitet talabalarining 1-4 kurslarda bandlik holatini aniqlash.

1. 1-4 kurs talabalari orasida ish bilan band talabalar balansini shakllantirish. 2. 1-4 kurs talabalari orasida ishga muhtoj talabalar balansini shakllantirish.

Qabul va marketing bo'limi (O.Rustamov), guruh tyutorlari

4.

Hududlardagi hamkor tashkilotlardagi bo'sh ish o'rinlariga talabalarni jalb qilish orqali talabalarni ishga joylashtirish.

1. Mahalliy va xorijiy hamkorlar bilan bo'sh ish o'rinlarini monitoring qilish.

Qabul va marketing bo'limi (O.Rustamov)

5.

Talabalarning bo‘sh vaqtida ishlash uchun shart-sharoit yaratish maqsadida haftaning bir kunini “ijodiy kun” sifatida belgilash.

Talabalar uchun “Karyera”, “Bandlik” va “Kovorking” markazlarini tashkil etish.

1. Ishlash istagini bildirgan talabalar o‘rtasida haftaning bir kunini “ijodiy kun” sifatida belgilash bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazish.

2. Dars jadvalini eng maqbul tarzda tuzish va tasdiqlash.

Fakultet dekani (N.Xushvaqtov), Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi (N.Abduvahidova),

guruh tyutorlari, Qabul va marketing bo’limi (O.Rustamov)

6.

Ish beruvchilar bilan hamkorlikda vakansiya va amaliyot yarmarkalari, talabalar uchun biznes uchrashuvlar tashkil etish.

1. Mehnat bandligi bilan hamkorlikda yarmarkalar otkazish jadvalini tasdiqlash va ijrosini ta’minlash.

2. Yarmarkalar va biznes uchrashuvlarni sifatli tashkil etilishini doimiy nazorat qilib borish.

Fakultet dekani (N.Xushvaqtov), Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi (N.Abduvahidova),

guruh tyutorlari, Qabul va marketing bo’limi (O.Rustamov),

kafedra mudirlari

7.

Universitet marketing bolimi tomonidan ta’lim muassasasi atrofidagi hududda joylashgan korxona va tashkilotlardagi vakant ish orinlari monitoringini yuritish hamda mavjud bosh ish orinlariga talabalarni ishga qabul qilish.

1. Ta’lim sohasida bozor munosabatlarini rivojlantirish va takomillashtirishga komaklashish, yosh mutaxassislarga bolgan talab korsatkichlari asosida bitiruvchi bakalavrlar uchun real “buyurtmalar portfeli”ni shakllantirish.

2. Bitiruvchilarni ishga joylashtirish jarayonini tizimli tahlil qilish va baholash.

3. Talabalarga qulaylik yaratish maqsadida, har bir talabani o‘zi yashab turgan hududga yaqin bolgan korxonalarga jo‘natish.

 

 

Qabul va marketing bo’limi (O.Rustamov)

8.

Viloyatlardagi hamkor tashkilotlardagi bo‘sh ish o‘rinlariga talabalarni jalb qilish orqali talabani ishga joylashtirish.

1. Mahalliy va xorijiy hamkorlar bilan bosh ish orinlari bo‘yicha monitoring yuritish.

2. Amaliyotlarni bevosita maosh tayinlanadigan ish joylarida tashkil qilish.

 

Qabul va marketing bo’limi (O.Rustamov)

9.

Ish beruvchilar bilan hamkorlikda ish o'rinlari va amaliyot yarmarkalarini, shuningdek, talabalar uchun biznes uchrashuvlarini tashkil etish

1. Mehnat vazirligi bilan hamkorlikda yarmarkalar jadvalini tasdiqlash va ularning amalga oshirilishini ta'minlash. 2. Yarmarkalar va biznes uchrashuvlarini tashkil etish sifatini doimiy ravishda nazorat qilish.

Fakultet dekani (N. Xushvaqtov), Mahalla ishlari va yoshlar bilan tadbirlar bo'limi (N. Abduvohidova), guruh tyutorlari, Qabul va marketing bo'limi (O. Rustamov), kafedra mudirlari