Sayt Test rejimda ishlamoqda
logo
"Ipak yo'li"
turizm va madaniy
meros xalqaro universiteti

Xodimlar bilan ishlash(HR) bo'limi

image

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti (keyingi o‘rinlarda – Universiteti) Xodimlar bilan ishlash bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-iyundagi ““Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetini tashki etish to‘g‘risida”gi PQ-3815-son Qarori bilan hamda Universitet Vasiylik kengashi bayoni bilan tashkil etilgan.

Bizning vazifamiz

  • Bo‘lim universitetining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, universitetga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarishga qodir bo‘lgan yuqori malakali xodimlar bilan ta’minlash, ularni joy-joyiga qo‘yish va kadrlar zaxirasini shakllantirish hamda ular bilan ishlash sohasidagi faoliyatni amalga oshiradi.

  • O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining “Ishga qabul qilish chog‘ida tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi 2023-yil 14-avgustagi 52-2023/B-sonli buyrug‘iga muvofiq ishga malakali mutaxassislarni qidirish, jalb qilish va tanlash, nomzodlarni suhbat yohud tanlov asosida ishga qabul qilish ishlarini tashkillashtirish;

  • xodimlar bilan tuziladigan mehnat munosabatlariga doir hujjatlarni rasmiylashtirish;

  • universitet xodimlari haqidagi zarur ma’lumotlar bazasini shakllantirib borish, xodimlar bilan munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va boshqa mehnatga oid qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini nazorat qilish.

Bizning maqsadimiz: 

  • Professor-o‘qituvchilar va boshqa xodimlar tarkibiga yuqori darajada kasbiy pedagogik mahoratga, huquqiy va siyosiy madaniyatga ega, ijodiy fikrlaydigan, halol, vijdonli va malakali kadrlarni keng jalb etish;

  • universitet va xodimlar o‘rtasidagi mehnatga oid munosabatlarga doir hujjatlarning rasmiylashtirilishini ta’minlash;

  • universitet xodimlari haqidagi zarur ma’lumotlar bazasini shakllantirish;

  • universitetning tashkiliy tuzilmasi va shtatlar jadvaliga o‘zgartirish kiritish haqidagi takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etish;

  • xodimlar bilan munosabatlarda mehnatga oid qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini nazorat qilish.

  • Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

  • universitetning tashkiliy tuzilmasiga muvofiq, shaffoflik asosida tegishli lavozimlar uchun xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishni ta’minlash;

  • tanlov asosida xodimlarni ishga qabul qilish, boshqa ishga o‘tkazish va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishni mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari asosida rasmiylashtirilishini ta’minlash;

  • ishga qabul qilinayotgan xodimlarni universitetning barcha lokal hujjatlari bilan tanishtirish va unga amal qilinishini nazorat qilib borish;

  • ishga yangi qabul qilingan xodimlarning umumiy va kasbiy ko‘nikma hosil qilishlarini ta’minlash;

  • xodimlarning mehnat daftarchalari(my.mehnat.uz), shaxsiy hujjatlar yig‘majildlari, kartoteka va qat’iy hisobda turuvchi boshqa xujjatlarni yuritish va saqlash;

  • universitetning boshqaruv xodimlari zaxirasini shakllantirish;

  • xodimlarning shaxsiy tarkibiga oid statistik hisobotlarni tayyorlash;

  • xodimlar bilan munosabatlarda mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, mehnat shartnomasi, universitetning jamoa shartnomasi va xodimning mansab yo‘riqnomasida belgilangan talablarning bajarilishini nazorat qilish, o‘z vakolatlari doirasida xodimlarga nisbatan rag‘batlantirish va intizomiy jazo choralari qo‘llash zarurligi yuzasidan universitet rektoriga taklif kiritish;

  • mehnat faoliyatida alohida o‘rnak ko‘rsatayotgan xodimlarni davlat mukofotlari, fahriy yorliqlar va boshqa turdagi mukofotlarga tavsiya etish bilan bog‘liq hujjatlarni belgilangan tartibda tayyorlash;

  • xodimlarning mehnat intizomiga rioya etilishi ustidan nazoratni tashkil etish, intizomiy javobgarligi masalalari bo‘yicha ko‘rib chiqish yuzasidan buyruq loyihalarini tayyorlash;

  • belgilangan tartibda mehnatga layoqatsizlik varaqalarini rasmiylashtirish, universitet xodimlariga pensiya tayinlanishi munosabati bilan zarur hujjatlarni tayyorlash;

  • bo‘lim zimmasiga yuklatilgan vazifalar yuzasidan universitet xodimlari va ishga qabul qilinayotgan shaxslarga tegishli maslahatlar berish, fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqilishi va ularga tegishli javob berilishini ta’minlash.