Sayt Test rejimda ishlamoqda
logo
"Ipak yo'li"
turizm va madaniy
meros xalqaro universiteti

Devonxona va arxiv

Ijro intizomi, devonxona va arxiv boʻlimi “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetning mustaqil boʻlimi boʻlib, toʻgʻridan-toʻgʻri universitet rektoriga boʻysunadi.

Boʻlim O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 15-iyundagi “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi O‘RQ-252-son Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5834-sonli Farmoni, 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-son Farmoni, 2021-yil 31-maydagi “Ijro.gov.uz” ijro intizomini idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishni ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida‘gi PQ-5132-son qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-oktabrdagi “Arxiv ishi bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 482-son, 2008-yil 26-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 194-son, 2012-yil 5-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomollashtirish to‘g‘risida”gi 101-son, 2021-yil 24-avgustdagi “Davlat organlari va tashkillotlarning arxiv ishi va ish yuritishni sohasidagi ekspert komissiyalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 538-son qarorlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022-yil  07-iyundagi 97 A/F-sonli buyrug‘i  asosida 2022-yil 23-iyunda ishlab chiqilgan universitetning 155-sonli ichki  buyrugʻi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risida”gi namunaviy nizomi hamda 2018-yil 23-noyabrdagi 01-09/1-4289-sonli topshiriq xati  asosida Turizm va madaniy meros vazirligining 2022-yil 1-apreldagi 34-A/F-sonli buyrug‘i ijrosi to‘g‘risida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining 2022-yil 19-apreldagi 102-sonli buyrug‘iga binoan ish yuritadi.