Sayt Test rejimda ishlamoqda
logo
"Ipak yo'li"
turizm va madaniy
meros xalqaro universiteti

Professional ta'lim muassasalari

image

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga biriktirilgan texnikumlar haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktyabrdagi “Turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-5270-son qaroriga asosan 6 ta texnikum va 4 ta kollej “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tashkiliy tuzilmasiga kiritilgan.

2024-yil 16-oktabrda qabul qilingan “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-158-son Prezident Farmoniga muvofiq, O‘zbekistonda kasbiy ta’lim tizimi tubdan isloh qilinib, yagona texnikumlar tarmog‘i tashkil etildi hamda barcha professional ta’lim muassasalari texnikumlarga aylantirildi. Endilikda ushbu texnikumlarda kadrlar tayyorlash Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi va O‘zbekiston milliy malaka tizimi talablariga mos ravishda boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha tashkil etiladi:

  • Samarqand turizm va madaniy meros texnikumi

  • Buxoro turizm va madaniy meros texnikumi

  • Toshkent tupizm va mehmonxona menejmenti texnikumi

  • Xiva turizm va madaniy meros texnikumi

  • Marg‘ilon turizm va madaniy meros texnikumi

  • Shahrisabz turizm va madaniy meros texnikumi

  • Andijon turizm va madaniy meros texnikumi

  • Bo‘stonliq turizm va madaniy meros texnikumi

  • Zomin turizm va madaniy meros texnikumi

  • Toshkent turizm va madaniy meros texnikumi

Professional ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘limi faoliyati haqida

Bo‘lim universitetning tarkibiy bo‘linmasi sifatida, universitetga biriktirilgan texnikumlarga o‘quv-uslubiy yordam ko‘rsatadi. Shuningdek, ta’lim sifatini oshirish hamda ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash yo‘nalishida ish olib boradi.

Bo‘lim o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda universitet rektori buyruqlari va qonuniy ko‘rsatmalariga, shuningdek Bo‘lim to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq olib boradi.

Bo‘limda amalga oshirilgan ishlar, muammolar va kamchiliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni muntazam ravishda universitet rektoriga hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etadi.

Bo‘limning asosiy vazifalari:

  • Universitetga biriktirilgan texnikumlar faoliyatini muvofiqlashtirish orqali turizm va servis sohasi hamda unga yaqin tarmoqlarda talab yuqori bo‘lgan, tizimli fikrlashga ega, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana oladigan, xorijiy tillarni biladigan mutaxassislar tayyorlanishiga ko‘maklashish;

  • Ta’lim sifatini monitoring qilish, texnikumlarda o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish va ularning ijrosini nazorat qilish;

  • Talabalar amaliyotini samarali tashkil etish, ularni sohaga oid korxona va tashkilotlarga yo‘naltirish orqali kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlashga ko‘maklashish;

  • Texnikum pedagog xodimlarining malakasini oshirish, ular uchun seminar, trening va tajriba almashish dasturlarini tashkil etishda metodik yordam ko‘rsatish;

  • Mutaxassislar tayyorlash tizimi va mazmunini jamiyat ehtiyojlari, fan, madaniyat va innovatsion texnika yutuqlari asosida takomillashtirishda texnikumlarga uslubiy yordam ko‘rsatish;

Ta’lim jarayonini samarali tashkil etish uchun zarur moddiy-texnik va o‘quv-uslubiy bazani shakllantirish hamda tajribali amaliyotchi mutaxassislarni dars jarayoniga jalb etishga ko‘maklashish.