Sayt Test rejimda ishlamoqda
logo
"Ipak yo'li"
turizm va madaniy
meros xalqaro universiteti

Yozma va og'zaki tarjima tadqiqotlari kafedrasi

image

Kafedra haqida umumiy ma’lumot

"Yozma va og‘zaki tarjima tadqiqotlari" kafedrasi 2024-yil sentabr oyida "Ipak Yo‘li" nomidagi Xalqaro Turizm va Madaniy Meros Universitetida tashkil etilgan. Kafedra tarkibiga tarjima sohasida malaka oshirish va stajirovka o‘tab, o‘qituvchilik va tarjimonlik faoliyatini muvaffaqiyatli uyg‘unlashtirayotgan yetakchi til kafedralari o‘qituvchilari kiritilgan. Kafedraga filologiya fanlari nomzodi, dotsent v.b. Akramova Taxmina Kamiljonovna rahbarlik qiladi. O‘qituvchilarning ilmiy qiziqishlari, asosan, kommunikatsiya nazariyasi, lingvokulturologiya va tarjima didaktikasi sohalariga qaratilgan. Kafedrada, ayniqsa, ilmiy, badiiy va boshqa adabiyotlarni o‘zbek/ rus tillaridan ingliz, xitoy, koreys va boshqa xorijiy tillarga hamda jahon tillaridan ona tiliga tarjima qilishga e’tibor qaratiladi. O‘rganilayotgan tillarda tarjimashunoslik nazariyasining muammolari va ularning amaliy yechimlari tarjimashunoslik nuqtayi nazaridan amalga oshiriladi. Zamonaviy tarjima nazariyasi va amaliyotida tarjimaning umumiy tendensiyalari, turlari va usullari, tarjimaning rivojlanish bosqichlari, leksik-semantik va grammatik moslik toifalari, janrlar bo‘yicha tarjima turlari va ularda qo‘llaniladigan usullar, tillarning lingvokulturologik va lingvogeografik xususiyatlari o‘rganiladi. Qator o‘qituvchilar C1 darajadagi xalqaro til sertifikatlariga ega. Kafedrada xorijiy mutaxassislar ham ilmiy va pedagogik faoliyat olib boradilar. Ta’lim sifati nafaqat xodimlarning yuqori malakasi, balki yaxshi moddiy-texnik baza orqali ham ta’minlanadi. Talabalar og‘zaki tarjima bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan kompyuter sinfida o‘qitiladi. U sinf tinglov qurilmalari, litsenziyalangan elektron lug‘atlar bilan ta’minlangan va cheksiz internetga ega. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan "Xitoy tilidagi tarjimonlar ko‘prigi" va "Men ham tarjimonman" nomli to‘garaklar tashkil etilgan.

Tarjimonlik to‘garaklarining maqsadlari:

  • Ta’lim jarayonida o‘zlashtirilgan bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlash;

  • Talabalarda tarjimaga qiziqishni rivojlantirish;

  • Tarjima, kommunikativ va texnik kompetensiyalarni rivojlantirish;

  • Noan’anaviy tarjima vazifalarini hal qilish ko‘nikmasini shakllantirish;

  • Har xil yozma va og‘zaki tarjima turlarini bajarishga tayyorlash;

  • Tillar tuzilmasidagi tafovutlar sababli yuzaga keladigan tarjima muammolari va qiyinchiliklarini tahlil qilish ko‘nikmasini rivojlantirish;

  • Turli kommunikativ va tarjima sharoitlarida ishlashga tayyorlash;

Tarjimonlik etikasi va professional xulq-atvor me’yorlari haqida tushuncha shakllantirish.

Kafedra tarkibi:

Yozma va og‘zaki tarjima tadqiqotlari kafedrasi tarkibida 14 nafar o‘qituvchi va 2 nafar xorijiy ko‘ngilli ishlaydi. Ulardan 4 nafari PhD darajasiga ega, 5 nafari ilmiy izlanuvchi hisoblanadi.

Ilmiy salohiyat: 64.3 %

Kafedraning ustuvor yo‘nalishlari:

  • Chet elda nashr etilgan tanlangan adabiyotlar asosida zamonaviy darsliklar yaratish;

  • Barcha fanlar bo‘yicha o‘quv materiallarini ishlab chiqish va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda talabalarga yetkazish;

  • Elektron ta’lim tizimi asosida talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish;

  • Bitiruvchilarning kasbga yo‘naltirilishini ta’minlash maqsadida tarjima sohasi kompaniyalari bilan yaqin hamkorlik o‘rnatish;

  • Chet elda chop etilgan adabiyotlarni tizimli ravishda kuzatish;

  • Talabalar va o‘qituvchilarni innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha tadqiqotlarga jalb qilish;

  • Kafedraning elektron ta’lim resurslarini universitet veb-sayti orqali mamlakat va jahon bo‘ylab taqdim etish;

  • Davlat va xorijiy tillarda o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar yaratish tamoyillarini ishlab chiqish.

Kafedraning yutuqlari:

  • Kafedra o‘qituvchilari O‘zbekiston Respublikasi, Turkiya, Koreya, Xitoy va boshqa davlatlarda o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiyalarda faol ishtirok etmoqdalar;

  • 2024-yilda kafedraning 4 nafar o‘qituvchisi – Bayqobilov Kamoliddin, Yo‘qubova Madina, Baymatova Munira, Nabiyev Obid – Xitoyda malaka oshirish kurslarini tamomladilar;

  • 2024-yilda kafedra mudirasi, PhD dotsent v.b. Akramova Taxmina Kamiljonovna CELTA xalqaro sertifikatini qo‘lga kiritdi, bu esa unga jahon oliy ta’lim muassasalarida dars o‘tish huquqini beradi.

Kafedra o'qituvchilari

Image

Akramova Taxmina Kamiljonovna

Kafedra mudiri
Image

Baymatova Munira Abduvaliyevna

Katta o'qituvchi
Image

Hamdamova Charos Hamdamovna

Assistant-qituvchi
Image

Saliyeva Nigora Ikromovna

Stajor o‘qituvchi
Image

Abduxafizov Firdavs Faridunovich

Stajor o'qituvchi
Image

Daukaeva Xalida Ibraximovna

O'qituvchi
Image

Amanov Abdugani Telmanovich

Kатта о'qituvchi
Image

Axrorova Nargiza Raxmonovna

Katta o'qituvchi
Image

Azizova Sitora Baxtiyorovna

Assistent-o‘qituvchi
Image

Xaydarova Mohina Ikromovna

Stajyor-o'qituvchi
Image

Marupova Dilfuza Davronovna

PhD