Ishlar boshqarmasi
Boshqarma universitetning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, universitetning moliyaviy-xo‘jalik sohasida olib boriladigan faoliyatni tashkillashtiradi, amalga oshiradi hamda nazorat qiladi.
Boshqarmaning asosiy vazifalari
Boshqarmaning asosiy vazifalari universitetning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish hamda favqulodda holatlarlarga tayyorgarlik va mehnat havfsizligini ta’minlashdan iborat.
Boshqarmaning asosiy funksiyalari
O‘ziga bo‘ysunuvchi hamda rektor buyrug‘i asosida biriktirilgan bo‘limlar faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish. Universitetning moddiy-texnik bazasi holatini o‘rgangan holda, uni rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va bajarilishini nazorat qilish. Hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni sifatli amalga oshirish ishlarini tashkil etish va boshqarish. Universitetning moddiy-texnik bazasi imkoniyati doirasida qo‘shimcha pullik xizmatlarni (ipografiya, maishiy xizmatlar, pullik o‘qitish kurslari, ijara, homiylik va h.k.) yo‘lga qo‘yish orqali budjetdan tashqari mablag‘larni jalb qilishni kengaytirish va professor-o‘qituvchilar hamda boshqa xodimlarni moddiy rag‘batlantirish ishlarini tashkil etish. Universitetning o‘quv binolari, talabalar turar joylari hamda boshqa yordamchi bino va inshootlarni kuz-qish mavsumi va yangi o‘quv yiliga tayyorlash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularning bajarilishini ta’minlash. Mavjud bino va inshootlarni rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari loyiha-smeta hujjatlarini ko‘rib chiqib, shartnomalar tuzishda ishtirok etish, bajarilgan ishlarni qabul qilish va sifatini nazorat qilish. Budjet va budjetdan tashqari mablag‘lardan, shuningdek kommunal xizmat turlaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda ijrosini ta’minlash. Favqulodda holatlar hamda mehnat havfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqib, amalga oshirish, binolarni yong‘inga qarshi jihozlar bilan ta’minlash va ularning sanitar-gigienik holatlarini nazorat qilish. Talabalar oshxonasi, bufetlar, sport-sog‘lomlashtirish majmuasi, tibbiy punkt faoliyatini yo‘lga qo‘yish. O‘quv xonalaridan unumli foydalanish, auditoriya va laboratoriyalarni zamonaviy kompyuter hamda axborot texnologiyalar va o‘quv-texnik vositalar bilan sifatli ta’minlash. O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti, talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushgan va tadbirkorlik asosida topilgan mablag‘larning daromadlar va xarajatlar smetalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlash. Talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushgan budjetdan tashqari mablag‘lar va boshqa maxsus budjetdan tashqari mablag‘larni shakllantirish va ulardan maqsadli foydalanilishni nazorat qilish.