Sayt Test rejimda ishlamoqda
logo
"Ipak yo'li"
turizm va madaniy
meros xalqaro universiteti

Magistratura bo’limi

Bo’lim bosh mutaxassisi : Sadullayeva Gulrux Sobirullo qizi
Telefon: +998 66 240 86 17

Magistratura bo’limi bosh mutaxassisining asosiy vazifalari:

  • Magistratura ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv rejalari, fan dasturlari va o‘quv-uslubiy     hujjatlarning ishlab chiqilishi hamda yangilanishida ishtirok etish.

  • Magistrantlarning o‘quv jarayoni, ilmiy rahbar tayinlash, dissertatsiya mavzusi tanlash va ilmiy faoliyatiga doir jarayonlarni metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlash.

  • Magistrantlarning davomati, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, imtihon natijalari va ilmiy faoliyatini monitoring qilish va tahlil qilish.

  • Fakultetlar, kafedralar va boshqa bo‘limlar bilan magistratura bo‘yicha o‘quv jarayonini muvofiqlashtirish va o‘zaro hamkorlikni tashkil etish.

  • Magistratura bo‘yicha ilmiy seminarlar, treninglar, uchrashuvlar va metodik tadbirlarni rejalashtirish va o‘tkazishda ishtirok etish.

  • Magistratura jarayoniga oid statistik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tegishli bo‘limlar hamda rahbariyatga hisobotlar tayyorlash.

  • Magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha davlat attestatsiyasi, imtihon jarayonlari va dissertatsiya jarayonini tashkil etish hamda muvofiqlashtirishda ishtirok etish.

Magistratura bo‘yicha buyruqlar, rasmiy xatlar va ichki hujjatlarni tayyorlash, shuningdek magistrantlarning shaxsiy ishlarini yuritilishida nazorat va uslubiy ko‘mak berish.

Magistratura dasturi

Magistratura dasturi 1 yillik bo’lib, 3 trimestrga bo’lingan,  talabalar yil davomida 60 kredit to’playdilar. Har bir magistrant magistrlik dissertatsiyasini yozadi. Dars mashg’ulotlari to’liq ingliz tilida olib boriladi. Talabalar xorijlik hamda mahalliy malakali professor-o’qituvchilardan ta’lim olish imkoniyatiga ega.

Ta’lim shakli:

Magistratura mutaxassisligining kunduzgi va masofaviy ta’lim shakli mavjud;

Hozirda mavjud  Magistratura mutaxassisliklari:

  • Turizm va mehmondo’stlik

  • Menejment

  • Biznesni boshqarish (Master of Business Administration- MBA)

  • Iqtisodiyot

  • Arxeologiya

  • Muzeyshunoslik, tarixiy-madaniy obyektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash  va saqlash.

2025/2026- o’quv yilida Turizm va mehmondo’stlik, Iqtisodiyot, Biznesni boshqarish (Master of Business Administration- MBA) magistratura mutaxassisliklarining masofaviy ta’lim shakli ham tashkil etildi.

Qabul va talablar

  • Magistraturaga kirish tanlov asosida: bakalavr darajasi yoki ekvivalent mutaxassislik bo‘lishi talab qilinadi.

  • Qabul grant (davlat granti) yoki kontrakt asosida bo‘ladi.

  • Ingliz tilida ta’lim bo‘lganligi sababli, til bilimi sertifikati talab qilinadi: masalan, xalqaro imtihonlar (IELTS, TOEFL) yoki milliy CEFR sertifikati.

Xorijlik talabalar qabuli

  • Magistratura mutaxassisligida xorijiy talabalar ulushi ham salmoqligina. Chet ellik talabalar suhbat asosida qabul qilinadi, qabul qilingan talabalarga davlat tomonidan stipendiya beriladi hamda turar joy uchun to’lovlari qoplab beriladi.

  • 2025/2026- o’quv yilida umumiy  6 ta mutaxassislikda jami 185 nafar talaba tahsil olmoqda. Talabarning 77 nafari Xitoy, Turkiya, Bangladesh, BAA, Pokiston, Hindiston, Rossiya Federatsiyasi, Indoneziya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Misr, Malayziya kabi bir qator davlat fuqarolari hisoblanadi.