2023-yil 2-iyun kuni soat 15:00da (universitet binosi 108-xona) “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy Kengash huzuridagi Ilmiy seminarda:
1. “Ipak yo‘li’ turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tadqiqotchisi Beknazarov Behzod Baxtiyor o‘g‘lining 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “Turizm sohasini barqaror rivojlantirishda madaniy meros boyliklaridan samarali foydalanishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi;
2. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti tadqiqotchisi Xolbayev Shaxriyor Abdullayevichning 08.00.17-“Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari)” ixtisosligi bo‘yicha “Turizm sohasida iqtisodiy salohiyatdan foydalanish samaradorligini oshirish” mavzusidagi falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyalari muhokamasi bo‘lib o‘tadi.