Понедельник, 09 августа 2021 12:50

E’LON!

Hurmatli universitet professor-o‘qituvchilari va talabalar, Markaziy Osiyo startapchilari uchun joriy yil 5 – 14-oktyabr kunlari o‘quv vebinari tashkil etilishini ma’lum qilamiz. Mazkur vebinar Qozog‘iston xalqaro rivojlanish agentligi (KazAID) hamda Isroil davlati Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi “MASHAV” agentligi hamkorligida tashkil etilmoqda. Vebinarda Isroil ekspertlari tomonidan 8 akademik soat va Qozog‘iston ekspertlari tomonidan qo‘shimcha 8 akademik soat ma’ruza va munozaralar o‘tkaziladi.
Bu vebinarlar ishtirokchilarga startaplar rivojlanishining dastlabki bosqichida zarur bo‘lgan ko‘nikma va bilimlarni, shuningdek, muvaffaqiyatga olib boradigan amaliy vositalar to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish imkoniyatini beradi.
Markaziy Osiyo startapchilari uchun o‘tkazilishi rejalashtirilgan ushbu vebinarda ishtirok etish istagini bildirganlar 2021-yil 10-avgust kuniga qadar quyidagi ariza namunasini to‘ldirib, Адрес электронной почты защищен от спам-ботов. Для просмотра адреса в вашем браузере должен быть включен Javascript. elektron manziliga yuborishlari zarur.

Контакты

г.Самарканд, Узбекистан, 140104, Университетский бульвар 17

Социальные сети