Четверг, 12 августа 2021 05:34

E’LON!

Hurmatli universitetimiz talabalari, sizlarni USSUN (UNITED STUDENTS OF SILK-ROAD UNIVERSITIES NETWORK) tomonidan tashkil etilayotgan “Caravanserais along the Silk Roads” mavzusidagi akademik tadbirga taklif etamiz!
Tadbirning mavzusi qadim zamonlardan buyon Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika, Osiyo va Yevropaning turli joylarida Ipak yo'li savdolari uchun ahamiyatli bo‘lgan KARVONSAROYlar haqidadir. Hozirgi vaqtda karvonsaroylarning bir qismi hali ham mavjud, ammo, ko'plari butunlay g'oyib bo'ldi, ayrimlarini esa biz vayrona holida ko’rishimiz mumkin.
"United students of silk-road universities network" talabalari risolada aytilgan mavzularga bag'ishlangan maqolalari va fotosuratlarini yuborib, ushbu madaniy akademik tadbirga o'z hissalarini qo'shishlari va "Ipak yo'li" merosini boyitishi mumkin.
Yuborilgan maqolalar orasidan tanlab olinganlarini 2021-yil 24-25-noyabr kunlari tashkil etilajak “International Association for Silk Road Studies” konferensiyasida 20 minut davomida prezentatsiya qilinishiga ruxsat beriladi.
Maqolalarni taqdim etishning oxirgi muddati 15-avgust!
Biror savol yoki takliflaringiz bo‘lsa ikkilanmasdan Адрес электронной почты защищен от спам-ботов. Для просмотра адреса в вашем браузере должен быть включен Javascript. ga murojaat qilishingiz mumkin.

Контакты

г.Самарканд, Узбекистан, 140104, Университетский бульвар 17

Социальные сети