Четверг, 12 августа 2021 16:26

E’LON!

2021-yil 19 – 25-avgust kunlari onlayn formatda “Yaponiya ta'lim ko‘rgazmasi – 2021” tadbiri o‘tkazilishini ma'lum qilamiz.
Mazkur ko‘rgazma Yaponiya universitetlarining talabalarni qabul qilish tartibi, o‘qish jarayonini tashkil qilish, xalqaro ta'lim dasturlari, mavjud grant va stipendiya ajratish tizimi, universitetlararo hamkorlik munosabatlari haqida ma'lumot berish maqsadida tashkil etilmoqda.
Ko‘rgazmaning ochilish marosimi 2021-yil 19-avgust kuni onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi. Mazkur Xalqaro ko‘rgazmada 45 dan ortiq yapon universitetlarining taqdimotlari rejalashtirilgan.
Mazkur tadbirga Yaponiya universitetlariga o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolar qatoridan oliy ta'lim muassasalari talabalari, xodimlari va professor – o‘qituvchilari taklif etilmoqda.
Onlayn tadbirda ishtirok uchun https://forms.gle/EtaJmndfZNhHcxA66 havolasi orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Shuningdek, tadbirning ochilish marosimi https://youtu.be/3_WTz7Gy_JU havolasida;
ko‘rgazma va har bir universitetning aniq taqdimot vaqtlari to‘g‘risida ma'lumot bilan
https://japan-edufair.uz/japan_education_fair_2021_in_tashkent veb-sahifasida
tanishish mumkin.

Контакты

г.Самарканд, Узбекистан, 140104, Университетский бульвар 17

Социальные сети