Показать содержимое по тегу: Зулфия

Bugun bahorning ilk kuni 1-mart. Ushbu kunda o‘zbek xalqining otashnafas shoiralaridan biri Zulfiyaxonim tavallud topgan. Shu munosabat bilan oliygohimiz xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan “Sadoqat saroyining mangu malikasi yoxud Zulfiyaxonim” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil qilindi.  She’riyat kechasiga Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari T.Tugalov va shoirlar taklif qilindi. Dastlab tadbirni universitetimiz Birinchi prorektori J.Eltazarov kirish so‘zi bilan ochib barchani bahorning birinchi kuni bilan qutladi va Zulfiyaxonim ijodi va faoliyatiga to‘xtalib o‘tdi.

Bu yil Zulfiyaxonim tavalludining 109 yilligi nishonlanmoqda. Tadbirda  Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari T.Tugalov va shoir Yu. Axmedov so‘z olib shoira ijodidan namunalar o‘qish bilan birga ijodkorning  betakror isteʼdodi, vatanga, yorga bo‘lgan muhabbatini ta’riflab berishdi. She’riyat kechasida universitetimiz talabalari ham turli tillarda Zulfiyaxonim ijodidan she’rlar o‘qib, qo‘shiqlar kuylashdi. Tadbirning viktorina ya’niy savol-javob qismida ko‘plab talabalarimiz faol ishtirok etib shoira she’rlaridan o‘qidi. Tadbir so‘nggida Zulfiyaxonim va uning turmush o‘rtog‘i H.Olimjon haqilagi videofilm namoyish qilindi. Bir so‘z bilan aytganda o‘zbek xalqining buyuk shoirasi Zulfiyaxonim tavalludiga bag‘ishlangan tadbir talabalarimizda katta taassurot qoldirganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

      -Meni universitetimizda ham Zulfiyaxonim izdoshlari borligi xursand qiladi. Birgina joriy yilda Zulfiya nomidagi davlat mukofotining respublika bosqichida to‘rt nafar qizlarimizning ishtirok etganligi ham ushbu fikrimizga yaqqol misol bo‘la oladi,-deydi universitetimiz xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova.

Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar