“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Samarqand davlat universiteti bilan hamkorlikda 2022-yil 21-22-aprel kunlari ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.
Konferensiya mavzusi: “Uchinchi Renessansni shakllantirish sharoitida turizm sohasini rivojlantirish istiqbollari”.
ANJUMANDA KO‘RILADIGAN MASALALAR:
- Uchinchi Renessansni shakllantirish sharoitida turizm sohasining nazariy va metodologik muammolari va ularni hal qilishning strategik yo‘llari
- Uchinchi Renessansni shakllantirish sharoitida turizm sohasi samaradorligini oshirish mexanizmlari, rivojlantirish tendensiyalari.
- Uchinchi Renessansni shakllantirish sharoitida turizm sohasi samaradorligini oshirishda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashni takomillashtirish muammolari.
- Uchinchi Renessansni shakllantirish sharoitida muzeyshunoslik va madaniy merosning ahamiyati.
- Uchinchi Renessansni shakllantirish sharoitida turizm industriyasini rivojlantirishda ko‘ptillilikning ahamiyati.
Anjuman tili: o‘zbek, rus va ingliz tillari.
Anjuman qatnashchilari: Anjumanda professor-o‘qituvchilar, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, tadqiqotchilar, magistrantlar, talabalar va soha mutaxassislari ishtirok etishlari mumkin.
Anjuman materiallari chop etiladi va konferensiyaga ishtirok etgan mualliflarga 1 nusxadan bepul tarqatiladi.
Ma’ruza matnlarini rasmiylashtirish bo‘yicha talablar:
ma’ruza matnlari 14 o‘lchamdagi shriftda 1 intervalda, 3-5 varaq hajmida Times New Roman shriftida yozilgan va tahrir qilingan bo‘lishi lozim;
ma’ruza mavzusining yuqorisida muallifning ismi, sharifi, lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni, ish joyi, telefoni va elektron manzili to‘liq ko‘rsatilishi kerak;
Maqola annotatsiyasi, kalit so‘zlari uch tilda (o‘zbek, rus, ingliz) to‘liq yoziladi;
Maqola so’ngida ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyatga molik taklif va tavsiya berilishi shart;
matnni joylashtirishda sahifaning chegaralari: yuqoridan – 2,5 sm, pastdan – 2,5 sm, o‘ngdan 2,5 sm, chapdan – 2,5 sm. o‘lchamda belgilanadi;
ma’ruza matni 1 nusxa qog‘ozda va elektron variantda RTF formatida taqdim etiladi;
ma’ruza matnida mavzuga oid nazariy masalalar bilan birga ularning amaliy yechimlari yoritilgan bo‘lishi lozim.
Mualliflik badali: anjumanni tashkil qilish va to‘plamni nashr qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun har bir bet uchun 15 000 so‘m belgilangan.
Muddat: ma’ruzalar 2022 yilning 31 martiga qadar qabul qilinadi va chop etiladi.
Eslatma: Maqola anjumanning qaysi yo’nalishiga mo‘ljallanganligi aniq ko‘rsatilishi lozim. Tegishli talablarga javob bermaydigan, ilmiy-amaliy tavsiyaga ega bo‘lmagan va kechikib topshirilgan ishlar anjuman materiallariga kiritilmaydi va qaytarilmaydi.
Bog‘lanish uchun telefonlar:
(+998906035523); e-mail:Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
(+998915446204); e-mail:rano.toshniyozova @univ-silkroad.uz