Joriy yilning 10 avgust kuni “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetida O‘zbekiston Respublikasining joriy yil 7 iyundagi “Reklama to‘g‘risida”gi PF-776-sonli qonuni to‘g‘risida tushuntirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Ushbu Qonunning maqsadi-adolatli raqobat va qonuniylik tamoyillariga asoslangan O‘zbekiston reklama bozorini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash (yaratish).
O‘zbekiston Respublikasi monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan universitet xodimlari ta’lim sohasida reklama joylashtirish uchun qonunning ayrim talablariga muvofiq tayyorlangan materiallardan xabardor bo‘lishlari uchun materiallar yuborildi.