Seshanba, 23 Avgust 2022 12:09

Hali ham magistratura talabasi bo‘lish imkoningiz bor!!!

Respublikamizning davlat oliy ta’lim muassasalari ichida bir yilda ikki marta talabalikka qabul qiluvchi “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Sizni 1 yillik magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga taklif qiladi. Barcha magistratura mutaxassisliklarida grant o‘rinlari mavjud.

MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI:

  • Logistika (turizm yo‘nalishi bo‘yicha);
  • Turizm (faoliyat turlari bo‘yicha);
  • Muzeyshunoslik, tarixiy-madaniy obyektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash;
  • Menejment (Madaniy meros sohasi bo‘yicha);
  • Ijodiy sanoat;

Hujjatlarni qabul qilish universitetning rasmiy veb-sayti: admissions.univ-silkroad.uz orqali 2022-yil 10-sentabrgacha (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

Eslatib o'tamiz, “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ta’lim ingliz tilida olib boriladi, shu sababli qabul jarayonida ingliz tili bo‘yicha yetakchi xalqaro va baholash tizimlarining amaldagi sertifikatlariga, jumladan IELTS bo‘yicha kamida 5,5 ball va undan yuqori, Common European Framework of Reference for Languages (CEFR) bo‘yicha kamida B2 va undan yuqori, TOEFL IBT bo‘yicha kamida 72 va undan yuqori ball bilim darajasi ko‘rsatkichi bilan xalqaro sertifikatlarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan ingliz tilini bilish darajasi (B2 va undan yuqori) to‘g‘risidagi milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarning hujjatlari qabul qilinadi.

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun universitet qabul komissiyasining elektron pochta manziliga (Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.) yoki quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingizni soʻraymiz:

+998662406770

+998662408616

+998662406786

+998662408606

+998933483380

+998902241442

“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetini tanlab, Siz ishonchli kelajakni tanlaysiz!

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar