Hukumat qaroriga binoan tegishli bo‘lmagan uyda ijarada yashaydigan talabalarga ular tomonidan to‘lanadigan oylik ijara to‘lovining 50 foizi budjet mablag‘lari hisobidan qoplab berilishi belgilangan (https://lex.uz/docs/-5657191). Joriy yilda oliy ta’lim muassasalarining birinchi kursga qabul qilingan ijarada yashayotgan talabalarning barchasiga hech qanday ijara shartnomasi yoki hujjatlarsiz sentabr-oktabr oylari ijara to‘lovi to‘lab beriladi.
❗️ Hurmatli ijarada turadigan talabalar, ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun Yoshlar bilan mahallabay ishlash bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.