Chorshanba, 09 Noyabr 2022 18:15

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy Markazi tomonidan “Inson huquqlari sohasidagi ta’lim va tadqiqotlar” mavzusidagi respublika tanlovi e’lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy Markazi tomonidan “Inson huquqlari sohasidagi ta’lim va tadqiqotlar” mavzusidagi respublika tanlovi e’lon qilindi.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

  • Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi o‘quv kurs;
  • Inson huquqlari va erkinliklariga bag‘ishlangan eng yaxshi rasm;
  • Inson huquqlari va erkinliklariga bag‘ishlangan eng yaxshi videorolik’
  • Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi maqola: eng yaxshi ilmiy maqola va eng yaxshi ommabop maqola;
  • Inson huquqlari va erkinliklariga bag‘ishlangan eng yaxshi o‘quv adabiyotlari: bosma o‘quv adabiyot va elektron o‘quv adabiyoti.

Ishtirok etish uchun tanlov materiallarini 2022-yil 10-noyabrdan kechiktirmasdan Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron manziliga jo‘natish so‘raladi.

G‘oliblar 10-dekabr – Xalqaro inson huquqlari kunida e’lon qilinadi va qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlanadi.

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar