Payshanba, 10 Noyabr 2022 22:25

DIQQAT! MAKTAB O‘QUVCHILARI UCHUN SHAXMAT SPORT TURI BO‘YICHA SPORT MASHG‘ULOTLARI TASHKIL ETILADI!

 “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Sport klubi qoshida  maktab o‘quvchilarini shaxmat, stol tennisi va suzish sport turlari bo‘yicha  o‘z iste’dodlarini yuzaga chiqarish, ular orasidan sport sohasida alohida iqtidor egalarini saralab olish maqsadida shaxmat sport turi bo‘yicha haftada 2 marta mashg‘ulotlar tashkil etilgan.

Ushbu mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun shahrimizdagi barcha maktab o‘quvchilarini taklif etamiz. Mashg‘ulotlarni yuqori malakali sport murabbiylari olib borishadi. Imkoniyatni boy bermang! Mashg‘ulotlar bepul amalga oshiriladi!

Mashg‘ulotlarda ishtirok etish istagida bo‘lgan maktab o‘quvchilari ushbu raqamga +99890224-02-22 qo‘ng‘iroq qilishi va mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishi mumkin!

Saytdagi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar