“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Sport klubi qoshida maktab o‘quvchilarini stol tennisi turi bo‘yicha o‘z iste’dodlarini yuzaga chiqarish, ular orasidan sport sohasida alohida iqtidor egalarini saralab olish maqsadida shaxmat, stol tennisi va suzish sport turlari bo‘yicha haftada 2 marta mashg‘ulotlar tashkil etilgan.
Ushbu mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun shahrimizdagi barcha maktab o‘quvchilarini taklif etamiz. Mashg‘ulotlarni yuqori malakali sport murabbiylari olib borishadi. Imkoniyatni boy bermang! Mashg‘ulotlar bepul amalga oshiriladi!
Mashg‘ulotlarda ishtirok etish istagida bo‘lgan maktab o‘quvchilari ushbu raqamga +99890224-02-22 qo‘ng‘iroq qilishi va mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishi mumkin!