Juma, 18 Noyabr 2022 16:59

Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida 2022-yilning 29-noyabr kuni “Rivojlanayotgan bozorlarda CSR va ESG” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi

Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida 2022-yilning 29-noyabr kuni “Rivojlanayotgan bozorlarda CSR va ESG” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi.

Bo‘lib o‘tadigan tadbirning maqsadi – O‘zbekistonda barqaror biznes amaliyotini rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratish, bu borada milliy va xalqaro sa’y-harakatlarni birlashtirish, Korporativ ijtimoiy ma’suliyat (CSR), Ekologik va ijtimoiy korporativ boshqaruv (ESG) va Barqaror turizm rivojlantirish tamoyillarini yurtimizda tadbiq qilish bo‘yicha vazirliklar, idoralar, xo‘jalar yurituvchi subyektlarning o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtirishdir.

Konferensiyada tegishli vazirlik va idoralarning ma’sul xodimlarni, milliy tahlil markazlari va konsalting kompaniyalar, xalqaro tashkilotlar vakillari, xorijiy ekspertlar, xususiy sektor va davlat ishtirokidagi korxonalari, hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashishi rejalashtirilgan.

Konferensiyada qatnashishni xohlaydigan talabgorlar quyidagi raqamga:

 +99871 271 77 00 (1041) va Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. yoki Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron pochtasi orqali 18-noyabrgacha murojaat qilishlari mumkin.

Saytdagi yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar