Samarqand shahrida faoliyat yuritayotgan “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 2022-2023-o‘quv yili uchun quyida fanlar uchun o‘zbek, rus va ingliz tilida dars mashg‘ulotlari olib borish tajribasiga ega yuqori malakali professor-oʻqituvchilarni ishga taklif etadi:
- Turizm asoslari (o‘zbek va rus tilida);
- Iqtisodiyot nazariyasi (o‘zbek va rus tilida);
- Turizm huquqi (o‘zbek va rus tilida);
- Amaliy matematika (o‘zbek va rus tilida);
- Iqtisodiyotda axborot komunikatsion texnologiyalar va tizimlar (o‘zbek va rus tilida);
- Menejmentga kirish (o‘zbek va rus tilida);
- Mehmonxona boshqaruvi;
- Sayohat xizmatlarini tashkil qilish va boshqarish (o‘zbek va rus tilida);
- Tadbirlarni boshqarish (o‘zbek va rus tilida);
- Iqtisod (o‘zbek va rus tilida);
- Marketing (o‘zbek va rus tilida);
- Buxgalteriya (o‘zbek va rus tilida);
- Logistika (ingliz tilida)
- Iqtisodiyot asoslari (ingliz tilida);
Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar:
- PhD yoki DSc ilmiy darajasi (agar mavjud bo‘lsa);
- nomzodning ingliz, oʻzbek yoki rus tillaridagi CV/rezumesi;
- ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi sertifikat;
- taʼlim sohasida eng kamida 2 yillik tajribaga ega boʻlish;
- kompyuter va elektron qurilmalardan erkin foydalana olish.
“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ishga qabul qilingan professor-o‘qituvchilarni quyidagi imkoniyatlar bilan ta’minlaydi:
- barqaror maosh (oylik ustama haqi bilan);
- istiqbolli karyerani nazarda tutgan qiziqarli mehnat faoliyati;
- xorij davlatlariga xizmat safari.
Ish tartibi: dushanbadan jumaga qadar (soat 09:00 dan 18:00 gacha).
Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabgorlardan quyidagi hujjatlar yig‘ma jildini Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. va Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron manziliga yuborishi so‘raladi:
Hujjatlarni qabul qilishning oxirgi muddati: 2023-yil 8-yanvar.
Murojaat uchun telefon: +99866-240-67-73, +99866-240-67-68, +99899-600-99-09