Xorijiy va nodavlat universitetlardan o‘qishlarini “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga ko‘chirishni istagan talabalar diqqatiga!
Agar siz o‘qishingizni zamonaviy va qulay ta’lim muhitiga ega “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida davom ettirishni xohlasangiz unda bu yangilik siz uchun.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 2023-yilning
20-yanvardan 10-fevraliga qadar o‘qishini ko‘chirishni istagan talabalarning hujjatlarini universitetning 317-xonasida qabul qiladi.