“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz” oyligi doirasida, Sport klubi tomonidan tashkil etilgan sport-aksiyasida voleybol, badminton, shaxmat-shashka, suzish, stol tennisi, lakros sport turlari bo‘yicha talaba-yoshlar o‘rtasida do‘stona-chempionatlar tashkil etildi. Sport tugaraklari haftaning belgilangan kunlarida universitet sport zalida o‘tkaziladi.Barcha talabalarimizni sport-aksiyasida faol bo‘lishlarini va sog‘lom turmush tarzi bilan shug‘ullanishlariga chorlab qolamiz!