Seshanba, 04 Aprel 2023 12:21

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti mustaqil izlanuvchilarining (PhD, DSc) yillik ilmiy faoliyatlari samaradorligi bo‘yicha monitoring jarayonlari bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 6-aprel sanasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga mustaqil izlanuvchi sifatida o‘quv yilining (2021-2024, 2022-2025-yy) 2-choragi uchun qabul qilingan va dissertatsiya ishi mavzusi yuzasidan tadqiqot ishlarini olib borayotgan mustaqil izlanuvchilarning (PhD, DSc) yillik ilmiy faoliyatlari natijalari monitoringi bo‘lib o‘tadi.

Monitoring jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 304-son Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi” Nizomning 53-54-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Monitoring jarayoniga universitet Birinchi prorektori filologiya fanlari doktori, professor Eltazarov Jo‘liboy Danaboyevich raislik qiladi.

Monitoring o‘tkazilish vaqti: 6-April, 2023-yil soat:14:30.

Joyi: Universitet binosi 119-xona.

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar