Tanlovning asosiy maqsadi – respublikamizda xotin-qizlarni ilm-fanga jalb qilish, fan-ta’lim va iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalarida ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlarning yangi g‘oya va ishlanmalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, tashabbuskor amaliy va innovatsion loyihalar natijalari bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning mavjud muammolari, real ehtiyojlari hamda hududiy muammolarni hal etishga qaratilgan ilmiy hajmdor mahsulotlar va innovatsion texnologiyalarni yaratishdan iborat.
Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar www.grant.mininnovation.uz davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi orqali 2023-yil 5-mayiga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.
Loyiha ijrochilarining tarkibi xotin-qizlardan iborat bo‘lishi , ilmiy jamoaning o‘rtacha yoshi 45 yoshdan oshmasligi, shuningdek ilmiy jamoada yosh olimalar, iqtidorli talaba va magistrantlar ishtirok etishi lozim.