Dushanba, 17 Aprel 2023 23:20

Mustaqil izlanuvchilikka (PhD, DSc) hujjat topshirmoqchi boʻlgan talabgorlar diqqatiga

 “Ipak yo‘li” turizm  va madaniy meros xalqaro universiteti mustaqil izlanuvchilikka (PhD, DSc) quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha tanlov e’lon qiladi:

- 08.00.05- Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti
- 08.00.11 - Maketing
- 08.00.13- Menejment
- 08.00.17- Turizm va mehmonxona faoliyati

Hujjatlar 2023-yilning 15-maygacha qabul qilinadi.

Mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 22-maydagi 304-son Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’limga qo‘yilgan davlat talablari” va “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka o‘qishga talabgorlar quyidagi talablarga javob berishlari lozim:

  • Magistr darajasi yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lish;
  • Ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida bitta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlarda, tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lish;
  • Xorijiy tilni bilish darajasini ko‘rsatuvchi xalqaro yoki unga tenglashtirilgan miliy darajadagi sertifikatga ega bo‘lishi;

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun  mustaqil izlanuvchi sifatida o‘qishga kirishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni universitetning Ilmiy tadqiqotlar bo‘limiga taqdim etishlari va https://phd.mininnovation.uz/ veb-sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari talab qilinadi:

1) Ariza;

2) Qisqacha biografik ma’lumotnoma (obyektivka)

3) Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

4) Oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi,  ilovalari bilan birgalikda;

5) Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari (pdf);

6) Pasport nusxasi;

7) 3x4 rasm, 2 dona;

8) Taxminiy dissertatsiya mavzusi va asosnomasi;

9) Ish joyidan tavsifnoma

10) Til sertifikati

Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar quyidagi talablarga javob berishlari lozim.

  • Falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;
  • Fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgandan so‘ng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lish.

Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun  mustaqil izlanuvchi sifatida o‘qishga kirishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni universitetning Ilmiy tadqiqotlar bo‘limiga taqdim etishlari va undefined veb-sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari talab qilinadi:

1) Ariza;

2) Qisqacha biografik ma’lumotnoma (obyektivka)

3) Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

4) Falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;

5) Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari (pdf);

6) Pasport nusxasi;

7) 3x4 rasm, 2 dona;

8) Ish joyidan tavsifnoma

9) Til sertifikati

Mustaqil izlanuvchilikka (PhD, DSc) qabul suhbat natijalari asosida amalga oshiriladi. Suhbat mutaxassislik fanidan bo‘lib o‘tadi. Imtihon kunlari to‘g‘risida qo‘shimcha e’lon beriladi.

Manzilimiz: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 17, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi

Murojaat uchun telefon: +998 90 603 55 23; +998 66 240 67 85

Elektron manzil: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar