Payshanba, 08 Iyun 2023 11:26

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlarida tahsil olayotgan tadqiqotchilarning (mustaqil izlanuvchi, tayanch doktorant va stajor-tadqiqotchilar) faoliyatlari samaradorligining monitoringini tashkil etish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy ta’limdan keying ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomning 6-bobida izlanuvchilar faoliyatini samaradorligining monitoringini bir yilda kamida 1 marta amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.

Ushbu Nizom ijrosini ta’minlash maqsadida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 2023-yilning 4-iyul kuni monitoring jarayonlari tashkil etiladi. Monitoring jarayonlari universitet Birinchi prorektori J.D. Eltazarovning 2023-yil 5-iyundagi № 86-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan komissiya a’zolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 304-son Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi” Nizomning 53-54-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar